Toşkentning Mirzo Uluğbek tumani Oydin mahallasida piyodalar yölagi ajabtovur tarzda barpo etilyapti: hovlilar oldiga 30 santimetr va undan yuqori balandlikda beton yotqizilgan. Oqibatda aholi öz hovlisiga avtomobillarini kiritiş tugul, piyoda kirib-çiqişga ham qiynalyapti.

«Muammoni hal etiş tuman quriliş bölimiga yuklatilgan», deydi hokimlik vakili.

Savol tuğiladi: tinç va xotirjam yaşab turgan fuqarolarga muammo yaratib bergan kim? Qaysi aql va farosat bilan bu işga qöl urildi?

“Qamalda qoldik”

Toşkent şahri Mirzo Uluğbek tumani Kiçik halqa yöli köçasidagi Oydin mahallasida yaşovçi fuqarolar uylari oldiga baland beton qoplama yotqizilganidan norozi bölib Kun.uzʼga murojaat qildi.

Aholining aytişiça, piyodalar yölagi qurilişi jarayonida ayrim xonadonlar oldiga qariyb 30 santimetr balandlikda tsement qoplamasi yotqizilgan. Natijada fuqarolarning avtomobillarini hovliga olib kirişi va darvozadan erkin kirib-çiqişi qiyinlaşgan.

Kun.uz holatni örganiş maqsadida mazkur hududda bölib, aholi vakillari bilan suhbatlaşdi.Hududda yaşaydiganlardan biri quriliş işlari haqida mahalla aholisi oldindan ogohlantirilmaganini aytdi.

“Bu narsani bizni heç kim ogohlantirmagan. Narigi yoğidan qilib kelişganda biz körib keldik. U yoq tomonda hammasi töpolon qilsa ham heç kim quloq solmagandi. U yoqlarni ham körib kelsangizlar, hamma yoq tösilgan. Maşinasi borlar maşinasini ham olib kira olmaydi. Bizning köçada darvozalargaça tösiq qilib qöyişgan. Kirib-çiqişga ham, boşqa qilişga ham. Bu, menimça, notöğri: ‘Skoriy’ kelişi bor. Gazonga qoldirişgan, mana, daraxtlarni ekib, hamma yoqni tösib taşlaşyapti.

Maşinalarimizni qayerga qöyişimiz kerak? Masalan, sariq polosa çizib kelişyapti. Xonadonga mana şu maşinalarni heç kim olib kira olmayapti. Men öylaymanki, maşina kiradigan joylarimizni oçib berişsa, maşinamiz qöyadigan joy ham qilib berişsa”.

Yana bir fuqaroning aytişiça, piyodalar yölagi qurilişida xonadonlar darvozasi va avtomobillar kirib-çiqişi hisobga olinmagan.