20-sentabr kuni soat 21:30 larda Mirzo Uluğbek tumanidagi Mirzo Uluğbek va Şukur Burhonov köçalari kesişgan çorrahada ikki avtomobil töqnaşdi.

Toşkent şahar IIBB YHXB axborot xizmati maʼlumotiga köra, 2004-yilda tuğilgan haydovçi boşqaruvidagi BYD avtomobili 1981-yilda tuğilgan haydovçi boşqargan Cobalt bilan töqnaşgan.

Hozirça hodisa oqibatida jabrlanganlar bor-yöqligi va avtomobillarga yetkazilgan zarar miqdori haqida maʼlumot berilmagan.

Holat yuzasidan Toşkent şahar IIBB YHXB masʼul xodimlari suriştiruv harakatlarini olib bormoqda.

YHXB haydovçilarni yöl harakati qoidalariga qatʼiy rioya qilişga çaqirdi.