«Beldersoy – Çimyon – Nanay» xalqaro umummavsumiy kurortini quriş va undan foydalaniş böyiça loyiha ofisi» tomonidan e’lon qilingan Fransiya ğaznaçiligi iştirokidagi «Çimyon turistik zonasini quriş» loyihasi doirasida «Çimyon» umummavsumiy oromgohi obektlarini loyihalaş, tadqiq qiliş, quriş, jihozlar yetkazib beriş, örnatiş va sozlaş-işga tuşiriş işlarini olib boriş yuzasidan 1-, 6-sonli lotlar böyiça oçiq tanlov yakunlandi.
Fransiyaning Montagne et Neige Développement (MND) kompaniyasi tanlov ğolibi deb topildi. Kompaniya Kurşevel, Şamonix-Mon-Blanc, Rosa Xutor, Bosco Gurin, Moleson, Narvik va boşqalar kabi dunyo böylab 1500 dan ortiq loyihani amalga oşirişda iştirok etgan.
Çimyondagi loyiha doirasida dam oluvçilarni 2515 metr balandlikka kötariladigan gondol tipidagi 10 kişilik asosiy osma yöli (maksimal quvvati - 2000 kişi/soat) va 3309 metr balandlikka çiqadigan mayatnik tipidagi 80 kişilik oraliq osma yöli (maksimal siğimi - 800 kişi/soat) quriladi. Kurort bunday inşootlarga ega bölgan Markaziy Osiyo mamlakatlaridagi eng baland nuqtaga aylanadi. Unda XXL Zip line, Alpine coaster, Adventure tower, Tubing, Via ferrata kabi 20 dan ortiq turdagi qişki va yozgi attraksionlar taşkil etiladi, umumiy uzunligi 20 kmdan ortiq bölgan turli darajadagi 11 ta çanği uçiş joylari, 6000 nafar sayyohga möljallangan mehmonxona majmualari va kottejlar quriladi.
Mehmonxona majmualari va kottejlar qurişni taşkil qiliş yer uçastkalarini turli lotlarga böliş (tasdiqlangan dizayn-kodi bilan) va yaqin kelajakda qiziqiş bildirgan investorlarga sotiş uçun E-IJRO AUKSION savdo maydonçasida joylaştiriş orqali amalga oşiriş közda tutilgan.












