Toşkentda ijtimoiy tarmoqlarda qotillik va jasadni kömişga işora qiluvçi sahnalar aks etgan videoni tarqatgan yigit hibsga olindi. Bu haqda poytaxt IIBB xabar berdi.

Avvalroq ijtimoiy tarmoqlarda uşbu yigitning bir neça kun içida milliondan ortiq marta körilgan videosi tarqalgandi. Unda qora paketga öralgan jasadga öxşaş narsani kömiş sahnasi tasvirlangan.

Video syujetiga köra, muallif xonanda ayol M. ijodini milliy qadriyatlarga zid deb baholab, uni öldiriş va jasadini kömişga işora qiluvçi harakatlarni namoyiş etgan. Şuningdek, jamiyatdagi boşqa insonlarga nisbatan ham şunday tahdidlar aks etgan.

Poytaxt IIBB maʼlum qilişiça, ijtimoiy tarmoqlarda noqonuniy harakatlarni tarğib qilgan uşbu şaxs hibsga olingan. Hozir uning qilmişi yuzasidan tekşiruv ötkazilmoqda.

Yigit videoni tayyorlagani va tarqatganidan puşaymonligini bildirib, jamoatçilikdan uzr söragan.