Rossiyalik safarbar qilinganlar va ularning qarindoşlarining Vladimir Putin, gubernatorlar va mudofaa vazirligiga şikoyatlarini OAVda muntazam ravişda e’lon qiliş bir neça oydan beri davom etmoqda. 1 mart kuni ma’lum böldiki, Irkutsk oblastidan safarbar qilinganlar Putinga heç qanday tayyorgarliksiz va qöşimça himoya kuçlarisiz front çiziğiga taşlanayotgani haqida bir neça bor şikoyat qilişlariga qaramay, baribir oldingi çiziqqa yuborilgan va ularning aksariyati halok bölgan. BBC naşri rossiyalik safarbar qilinganlar yana nimalardan noroziligini va ular uçun bu qanday tugaşini örgandi.

Fevral oyi boşida 1439-polkning safarbar qilingan askarlari prezident Vladimir Putin, mudofaa vaziri Sergey Şoygu va Irkutsk oblasti gubernatori Igor Kobzevga murojaatnoma yöllagan. Videomurojaatda askarlar rahbarlarga şikoyat qilgan. Harbiylarning aytişiça, ularni hududiy mudofaa bilan şuğullaniş uçun tayyorlaşgan, ammo keyinroq ulardan heç qanday öquv-maşğulotlarisiz hujumçilar otryadi tuzilgan.

Safarbar qilingan askarlar fevral oyi oxirida Putinga yana videomurojaat yöllagan. Unda askarlar ular «DXR»ning birinçi slavyan brigadasi tarkibiga ötkazilgani», u yerda esa «bir kun içida hujumkor bölinmaga aylantirilgani va heç qanday yordamsiz Avdiyivka istehkomiga hujum qilişga yuborilgani haqida xabar bergan.

Irkutskdan safarbar qilinganlarning uçinçi videomurojaatini «Baykal odamlari» mahalliy naşriga ularning xotinlari topşirgan.

Ikkinçi videodan söng Irkutsk oblasti gubernatori Igor Kobzev harbiy prokuraturaga ariza bilan murojaat qilganini ma’lum qildi va safarbar qilinganlarni «yangi xizmat joyi»ga köçirişga va’da berdi.

1 mart kuni 1439-polkning 1 va 2-batalonidagi Irkutskdan safarbar qilinganlar Avdiyivka hududiga hujum qiliş uçun yuborildi. Bu haqda safarbar qilinganlarning özlari va ularning qarindoşlariga tayanib «Baykal odamlari» naşri xabar berdi.

Foto: LYUDI BAIKALA

Butun polk amalda yöq qilingan – bir neça kişi yaralangan, qolganlari halok bölgan, ammo bedarak yöqolgan deb hisoblanmoqda.

Bu safarbar qilinganlar polki umuman boşqa yönalişga özgartirilgan va rus harbiylari «DXR» qömondonligi nazoratiga ötgan yagona holat emas. BBC naşri 2023 yilda yozilgan boşqa şikoyatlardan keyin voqealar rivoji qanday keçganini örganib çiqdi.

Davlatning insonlar yuziga tupurişi

25 fevral kuni Orlov köngillilar bataloni askarlarining qarindoşlari Vladimir Putin, Sergey Şoygu, Mixail Mişustin, Valentina Matviyenko va Vyaçeslav Volodinga videomurojaat yölladi. Unda ular bu armiyani obrösizlantiriş yoki norozilik bildiriş harakati emas, balki «qalb faryodi» ekanini ta’kidlaşgan.

«Qisman safarbarlik e’lon qilinişidan ança oldin, bizning yigitlar yurak çaqiriği sabab natsizmga qarşi kuraşda öz vatanlariga yordam berişga qaror qildi», deyiladi rus generali Aleksey Yermolovga qöyilgan töqqiz metrlik haykal ostida qilingan murojaat matnida. Matnni bir ayol öqib bergan.

«Köngillilarni insofsizlarça aldaşgan», deya öqişni davom etadi ayol. U uruş tugagunga qadar harbiylarni qöyib yuborişni istamaydigan noinsof qömondonlar borligi va köngillilar orasida 50 yoşdan oşgan odamlar mavjudligini ta’kidlaydi. Orlovliklar alohida adolatsizlik sifatida köngillilarning safarbar qilinganlardan ikki baravar kam maoş olişini aytib ötadi.

Ayolning ta’kidlaşiça, eri uruş davomida va’da qilingan 195 ming rublni heç qaçon olmagan. Yanvar oyi boşidan beri uning eri Kreminna yönalişidagi katta hujumkor guruhida bölgan, ammo yanvar oyi uçun 77 866 rubl olgan. «Bu davlatning insonlar yuziga tupurişi» degan ayol.

«Qarindoşlarining sözlariga köra, 14 nafar jangçi 57-motoöqçi piyodalar bölinmasiga ötkazilgan. Askarlar bölinma komandiri öz vakolatlari doirasidan taşqariga çiqayotgani uçun harbiy prokuraturaga ariza yozmoqçi bölgan. Biroq 3 yanvar kuni ularni heç qanday tayyorgarliksiz hujumga taşlaşgan», deya öqib bergan ayol. U buni «Uluğ Vatan uruşi davridagi jazo batalonlari»ga qiyoslagan.

«Jangçilarimizning jismoniy holati juda yomon. Odamlar xizmatni taşlab ketiş arafasida», deya ta’kidlaydi norozilik guruhi spikeri va birdan «allaqaçon qotillik ham sodir bölgani» haqida qisqaça xabar beradi.

Orlovliklar videomurojaatni Putinga yuzlanib yakunlagan. Ular prezidentdan köngillilarning konstitutsiyaviy huquq va erkinliklarini ta’minlaşda yordam berişni söragan.

Orel oblasti gubernatori maslahatçisi Sergey Lejnev 2 mart kuni ijtimoiy tarmoqlarida post e’lon qildi. Unda u «bugungi kunda Kreminna atrofidagi örmonlarda jang qilayotgan harbiy xizmatçilar» murojaatiga töxtalgan va frontga yuboriladigan insonparvarlik yordam paketi haqida gapirgan.

«Yigitlar tom ma’noda yerda, okop va boşpanalarda yaşayapti. Biz uçli belkurak, bolta, qöl arra, zanjirli arra, generator, gaz ballonlar hamda issiq qoplama, ovqat pişiriş uçun bir neçta burjuyka va oddiy peçka sotib olişimiz kerak. Oziq-ovqat mahsulotlarini yiğamiz (tez tayyor böladigan taomlar, peçene, vafli, şirinliklar, çoy, qahva, suv va boşqalar)», deya odamlarni bu aksiyada iştirok etişga çaqirgan Lejnev.

Şunday qilib uşbu köngillilar yoki boşqa harbiylar Lejnevning keyingi xabarlarida ham, şuningdek, Orlov aholisi tomonidan e’lon qilingan boşqa muammolar bayonotlarida tilga olinmadi.

Çitada safarbar qilinganlarning maşğulotlari, 2022 yil noyabr
Foto: YEVGENY YEPANÇINsEV/TASS

Tankistlikdan piyoda jangçilikka

18 fevral kuni 504-tank polkining Omsk oblastidan safarbar qilingan askarlari Vladimir Putin va Omsk oblasti gubernatori Aleksandr Burkovga videomurojaat yölladi. Artilleriyaçilarning sözlariga köra, polk tarqatib yuborilgan, artilleriya endi yöq va ularning 107 kişidan iborat guruhi «DXR» «xalq armiyasi» tarkibiga ötkazilgan.

«Ular bizni poligonga olib borib, piyoda askar sifatida qayta tayyorlaşni boşladi. Poligonga bir neça marta borganimizdan keyin bizdan benzin uçun pul talab qila boşlaşdi. Agar benzin uçun pul bermasak, bu bizga tayyorgarlik kerak emasligi, oldingi çiziqdagi janglarga qatnaşişga tayyor ekanimizni anglatarkan», degan harbiylardan biri kameraga. U öz guruhini rus zobitlari qömondonligi ostidagi Rossiya armiyasi tarkibiga ötkazişni söragan.

Öşa kuni Omsk oblasti gubernatori Burkov öz telegram-kanalida vaziyatni örganayotganini ma’lum qildi. 1 mart kuni Rossiya davlat naşrlari gubernator tankçilarni piyodalar qöşinidan artilleriya qöşinlariga qaytargani va safarbar qilingan hamda ularning qarindoşlari örtasida onlayn konferensiya taşkil qilgani haqida xabar berdi.

«Batya»

6 fevral kuni Tuva respublikasidan safarbar qilinganlar hudud rahbari Vladislav Xovalig va respublikaning sobiq rahbari, hozirda Davlat dumasi vitse-spikeri bölgan Şolban Kara-oolga «DXR» harbiylari va harbiy politsiyaning döq-pöpisalari va kaltaklari yuzasidan şikoyat qilgan.

«2023 yilning 4 fevralida DXR harbiylari keldi. Ular bizni avtomatdan öqqa tutib, «otjimaniya» olişga majbur qildi. Bu yerdan tirik çiqmasligimizni aytişdi. Biz ularga, DXRga tegişli ekanimizni ta’kidlaşdi... Harbiy politsiya yetib keldi va bizni kaltakladi», deyiladi tuvalik harbiylar videomurojaatida.

Video oxirida harbiylar nimadir söray boşlaganda tasvir uzilib qoladi. Umumiy kamera örniga yaşirin kamera tasvirlari çiqa boşlaydi. Unda harbiy formadagi odam boşqa bir qurolsiz harbiyni tahqirlaşi va kaltaklaşi aks etgan.

«Tayga.Info» naşri videoyozuvni qabul qiladi va naşr qiladi. Ularning taxminlariga köra, safarbar qilinganlar «DXR» militsiyasi tomonidan kaltaklagan. «Rossiyskaya gazeta» naşri esa audioyozuvdagi «Batya» deb aytilgan inson podpolkovnik Vyaçeslav Gubin ekanini yozgan.

«Tayga.Info» ma’lumotlariga köra, audioyozuvda «Rossiyskaya gazeta» ta’kidlagan «Batin»ga juda öxşaş ovozli inson şunday deydi: «Örtoq general men bu yerga kelayotgan paytimda mening xarakterimni bilib, mendan yiğlab söradi: Bat, iltimos, ularni öldirma. Ularning barçasi Şoyguning qarindoşlari. Hozir sen ularni tinçitasan, keyin ularning ota-onalari Şoygu amakiga arz qiladi».

Murojaatdan ikki kun ötib, respublika rahbari Vladislav Xovalig öz telegram-kanalida «Mudofaa vazirligi safarbar qilingan askarlarimizni DXR qöşinlaridan 55-brigadaga ötkaziş haqidagi sörovimizga ijobiy javob berdi» deb yozdi. Safarbar qilinganlar haqiqatan ham köçirilganmi yoki yöqmi noma’lum, ammo 22 fevral kuni harbiy prokuratura tekşiruvi paytida «DXR»dagi tuvalik harbiylar soğligiga zarar yetkazilgani töğrisida heç qanday dalil topilmagani haqida ma’lumotlar paydo böldi.

«Tahqirlaşdi va xörlaşdi»

Tarqatib yuborilgan 346-polkning Orlov, Lipetsk va Vladimir oblastlaridan safarbar qilingan askarlari qarindoşlari yanvar oyi oxirida Vladimir Putin, Sergey Şoygu, boş prokuror Igor Krasnov, Rossiya Federatsiyasi Tergov qömitasi rahbari Aleksandr Bastrikin, hududlar gubernatorlariga va boşqa «vakolatli organlar»ga videomurojaat yöllagan.

25 kişidan iborat guruhga ellik yoşlardan oşgan ayol notiqlik qilgan.

«Bizning bolalarimiz va erlarimiz dezertir, qörqoq yoki sotqin emas, lekin hozir qanday harakat qiliş töğri bölişini bilişmaydi. Ular atigi ikki marta otiş maşqini bajargan, kimdir esa umuman otib körmagan. Faqatgina televideniye kelganda qöliga qurol uşlagan. Ammo komandirlar ularni «töp yemi» kabi oldingi çiziqqa taşlagan. Biz askarlarni orqa çiziqqa qaytariş, ularni qayta tayyorlaş va tibbiy körikdan ötkazişingizni söraymiz. Şuningdek, ularga ta’til oliş imkoni berişingizni ham sörab qolamiz», degan ayol.

Videomurojaatda qarindoşlari safarbar etilganlarning boşiga tuşgan musibatlarni sanab ötgan — harbiylar örmonga olib kelingan va tunni oçiq osmon ostida ötkaziş uçun şu yerda qoldirilgan, ularga ovqat berilmagan. Özini taniştirmagan komandirlar ularni «tahqirlagan va kamsitgan», «jinoyat işi oçiş bilan qörqitib, şartnoma imzolaşga majburlagan», şuningdek, ular askarlar Ukraina qurolli kuçlari tomonidan nazorat qilinuvçi hududga hujum qiliş uçun jönatilişini e’lon qilgan.

Gubernatorlar bu videomurojaatga turliça munosabat bildirdi. Vladimir oblasti rahbari Aleksandr Avdeyev safarbar etilganlarning oila a’zolari bilan «oçiq suhbat» ötkazdi. Ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalariga muntazam ravişda frontdan ijobiy xabarlar joylaştirib boruvçi Orlov oblasti gubernatori Andrey Kliçkov safarbar qilinganlarning muammolari haqida heç narsa yozmadi. Lekin özining «VKontakte» sahifasidagi jonli efirda u va huquq-tartibot idoralari bu masala bilan şuğullanayotgani haqida qisqaça töxtaldi.

Lipetsk oblasti rasmiylari öz delegatlarining Ukraina tomonidan «bosib olingan» hududlarga safari haqida xabar berdi. Ular göyoki u yerda harbiy prokuratura bilan birgalikda safarbar qilinganlar bilan uçraşgan. Delegatsiya oziq-ovqat bilan boğliq heç qanday muammo topmagan. «Qömondonlik jangçilarga ta’til beriş tartibini, şuningdek, yangi joyda xizmat qiliş qoidalari va xususiyatlarini tuşuntirdi», deya xabar berdi Lipetsk oblasti hukumati matbuot xizmati. Xabarlarda safarbar qilinganlarning yaqinlari tomonidan aytilgan haqorat va tahdidlar haqida heç narsa deyilmagan.

Bit va kanalar

394 va 143-polklarning Ussuriysk şahridan safarbar qilingan askarlarining rafiqalari va onalari 31 yanvar kuni Putinga murojaat qildi. Ayollar front çiziğidagi yomon şaroitlardan şikoyat qilgan, ularning sözlariga köra, harbiylarda bit va qötir qözğatuvçi kanalar paydo bölgan. Ularning kiyim-boşlari esa yaroqsiz holga kelgan. Qarindoşlarning aytişiça, «ularni heç kim eşitmaydi» va Primorsk ölkasi gubernatori Oleg Kojyemyakoning telegram-kanalida esa ularning xabarlari bloklangan.

Gubernatorning aytişiça, heç qanday bloklaş bölmagan, harbiy prokuratura bu masala bilan «allaqaçon şuğullanyapti».

Ayni vaqtda BBC naşri safarbar qilinganlar parazitlardan qutulgani haqida ma’lumotga ega emas.