Uzbekistan Airways Moskvadagi «Vnukovo» xalqaro aeroportida Toşkentdan Moskvaga uçib borgan samolyot bortida janjal kelib çiqqani yuzasidan izoh berdi.
Qayd etilişiça, 7 mart kuni HY-601 Toşkent—Moskva yönalişidagi aviaqatnovi havo kemasi «Domodedovo» aeroportining ob-havo şaroiti (uçiş-qöniş yölagining holati xavfsiz qönişni amalga oşiriş uçun zarur talablarga javob bermagani) sababli «Vnukovo» xalqaro aeroportiga majburiy qönişni amalga oşirgan.
HY-601 aviaqatnovi havo kemasi sardori yölovçilarga yönaliş «Vnukovo» muqobil aeroportiga özgargani haqida ma’lumot bergan. Ob-havo yaxşilangani va havo kemasi «Domodedovo» xalqaro aeroportiga uçib ketişga tayyor bölganidan söng, ekipaj parvozga tayyorligini e’lon qilgan.
«Afsuski, havo kemasi bortida ayol özini yomon his qilayotgani ma’lum böldi, ekipaj şifokorlarni çaqirişga majbur böldi, bu esa uçib ketiş vaqti keçikişiga ta’sir qildi. Şu paytda «Domodedovo» xalqaro aeroportidagi ob-havo yana keskin yomonlaşdi va bu keyingi keçikişga olib keldi», deyiladi munosabatda.
Keyinçalik havo kemasidagi barça 210 yölovçini «Vnukovo» xalqaro aeroportiga tuşiriş töğrisida qaror qabul qilingan.
Uzbekistan Airways aviakompaniya uçun parvozlar xavfsizligi yuqori örinda turişini eslatib, keltirilgan noqulayliklar uçun yölovçilar va ularni kutib oluvçilardan uzr söragan.












