Muloqot çoğida ikki mamlakat örtasidagi savdo-iqtisodiy, investitsiyaviy va sanoat kooperatsiyasi sohasidagi hamkorlikning bugungi holati va uni rivojlantiriş istiqbollari muhokama qilindi.
Özaro tovar ayirboşlaş hajmining keyingi yillarda uç barobarga ösişining ijobiy dinamikasi qayd etildi. Tomonlar joriy körsatkiçlarni sezilarli darajada oşiriş uçun qator imkoniyatlar mavjudligini ta’kidlab, ikki mamlakat örtasidagi özaro tovar ayirboşlaş nomenklaturasini kengaytiriş va hajmini oşiriş çoralarini köriş böyiça Işçi guruh tuzişga kelişib oldilar.
Investitsiyaviy hamkorlik va sanoat kooperatsiyasini kengaytiriş istiqbollari tahlil qilindi. Qişloq xöjaligi, yengil va elektrotexnika sanoati sohalarida aniq loyiha takliflarini özida mujassam etgan Sanoat kooperatsiyasini rivojlantiriş böyiça qöşma dasturning qabul qilinişi bu boradagi ustuvor va birinçi darajali çora-tadbirlar sifatida belgilandi. Tomonlar Toşkent va Ulan-Bator şaharlarida qöşma biznes-forum va körgazmalar ötkazişga kelişib oldilar.
Uçraşuv yakunlari böyiça Özbekiston i va Möğuliston örtasida hamkorlik böyiça Hukumatlararo qöşma komissiya tuziş töğrisida Bitim imzolandi.












