Ukrainada uruşning 379-kuni ötdi. Asosiy ma’lumotlar:

  • Rossiya armiyasi Ukraina hududlari böylab yoppasiga raketa zarbalari yölladi. Ukraina qurolli kuçlari boş qömondoni mamlakat harbiylari 81 raketadan 42 tasini urib tuşirganini ma’lum qildi. RF mudofaa vazirligi buni «Bryansk oblastidagi teraktlarga javob» deb atadi.
  • Ukrainaning qator şaharlarida elektr va isitiş ta’minoti favqulodda öçirildi. Kun davomida Zaporijjya AES elektr ta’minotidan uzilib qoldi.
  • Ukraina qurolli kuçlari rossiyalik harbiylar ukrainalik harbiy asrni qatl etgani aks etgan videodagi harbiy şaxsiga aniqlik kiritdi (bu voqea qaçon va qayerda bölgani, kim tomonidan s’yomka qilingani noma’lum). Bu Çernigiv oblasti hududiy mudofaa qismi jangçisi Oleksandr Matsiyevskiy bölgan.
  • Ukraina qurolli kuçlari Şarqiy qöşinlar guruhi vakili Sergey Çerevatiy «Baxmut yaqin kunlarda qulaşi» haqida aytgan NATO boş kotibi Yyens Stoltenbergning sözlariga munosabat bildirdi. Çerevatiyning hisoblaşiça, alyansdagilar «vaziyatdan töliq xabardor emas».

Kunning asosiy voqeasi. Ukraina hududi yoppasiga öqqa tutildi

9 mart tongida Rossiya qöşini Ukraina hududi böylab yoppasiga raketa zarbalari yölladi. Köplab regionlarda havo hujumidan mudofaa tizimlari işga tuşgan. Mahalliy rasmiylarga köra, Kiyev şahri, Odessa, Mikolayiv, Dnipro, Xarkiv, Zaporijjya, Jitomir, Kiyev, Ivano-Frankovskaya, Xmelnitskaya va Ternopil oblastlariga hujum qilingan. Tinç aholi vakillari orasida kamida olti kişi halok bölgani ma’lum.

«Energoatom» rossiyaliklarning 9 mart tongidagi zarbalari oqibatida Zaporijjya AES töliq öçib qolganini xabar qildi. «Ukrzalіznitsya» («Ukraina temiryöllari») kompaniyasi kamida 15 poyezd reysi keçiktirilgani haqida xabar berdi.

RF mudofaa vazirligi bu «2 mart kuni Bryansk oblastida Kiyev rejimi tomonidan uyuştirilgan terrorçilik aksiyasi»ga javoban amalga oşirilgan «qasos zarbasi» bölganini ma’lum qildi.

Quyida Ukrainaning turli şaharlarida yoppasiga raketa zarbalari oqibatlari aks etgan suratlar.

Rossiyaliklarning çegaradoş Belgoroddan Xarkiv tomonga uçirilgan uç raketasi
Vadim Belikov / AP / Scanpix / LETA
Xersonda halok bölgan tinç aholi vakillari jasadlari atrofida turgan qutqaruvçilar va politsiyaçilar
Ivan Antypenko / Reuters / Scanpix / LETA
Xarkivda yaşovçi ayol snaryad parçalaridan şikastlangan devor oldida
Pavlo Pakhomenko / EPA / Scanpix / LETA
Xarkiv atrofidagi Pesoçin posyolkasi aholisi raketa zarbasidan hosil bölgan öra atrofida
Pavlo Pakhomenko / EPA / Scanpix / LETA
Kiyev ğarbidagi Svyatoşinskiy rayoniga berilgan zarbalardan çiqqan yonğin
Ruslan Kaniuka / UKRINFORM / SIPA / Scanpix / LETA
Lvivdan taxminan 50 kilometr masofadagi Velikaya Olşanitsa posyolkasiga berilgan zarba oqibatlari
Yuriy Dyachyshyn / AFP / Scanpix / LETA
Lviv oblastining Zoloçevskiy rayonidagi xarobalar orasida turgan it. Uning egalari raketa zarbasi oqibatida halok bölgan
Іvanka Dusko / Suspіlne Lvіv

Baxmutdagi ukrain harbiylari

NATO boş kotibi Yyens Stoltenberg 8 mart kuni Baxmut yaqin kunlarda qulaşi mumkinligini aytdi, şu bilan birga, bu uruşda «buriliş pallasi» bölmasligini qayd etdi. Bunga javoban Ukraina qurolli kuçlari Şarqiy guruhi spikeri Sergey Çerevatiy 9 mart kuni NATOdagilar «vaziyatdan töliq xabardor emasligi»ni aytdi.

«Uruşning bir yili davomida ukrainlar ança barqarorlik va taktik qarorlar kuçiga ega böldi», — deb hisoblaydi Çerevatiy, şu bilan birga, baribir alyans fikriga «hurmat bilan yondaşiş kerakligi»ni ta’kidlaydi.

Bundan taşqari, 9 mart kuni Ukraina qurolli kuçlari quruqlik qöşinlari qömondoni Oleksandr Sirskiy ham Baxmutdagi vaziyat yuzasidan izoh berdi. U ukrain qöşini rossiyaliklar şaharni operativ qurşovga tuşirişiga yöl qöymagani, ammo «vaziyat juda murakkabligiça qolayotgani»ni aytgan.

«Bu yerda har bir yuriş va qaror uni tubdan özgartirişi mumkin. Har bir kun juda qadrli. Men şaxsiy tarkib bilan faxrlanaman. Yonimda turgan brigada komandirlarining fikrlaş tezligini yuqori baholayman», — deya qayd etgan Sirskiy.

Amerikadagi Uruşlarni örganiş instituti esa, Rossiya qöşini Baxmut hududining qariyb yarmini egallagan, köp ehtimol bilan, şaharni ikkiga ajratib turgan Baxmutka daryosini çetlab ötiş uçun şahar şimoli-ğarbi va janubi-ğarbiga hujumlarni kuçaytirişi mumkin deb hisoblaydi. RF mudofaa vazirligi sönggi brifingida Baxmut yönalişidagi jiddiy muvaffaqiyatlar haqida xabar bermagan.

Ukrainalik harbiylar Baxmut atrofidagi front çiziğida pozitsiyani özgartirişga tayyorlanmoqda
Aris Messinis / AFP / Scanpix / LETA
Ukraina harbiy texnikasi oldidan ötayotgan baxmutlik ayol
Aris Messinis / AFP / Scanpix / LETA
Baxmut atrofidagi ukrain harbiylari gaubitsadan rossiyaliklar pozitsiyasini öqqa tutmoqda
Aris Messinis / AFP / Scanpix / LETA
Ukrainalik jangçilar tez yordam maşinasida halok bölgan quroldoşini olib ketmoqda
Aris Messinis / AFP / Scanpix / LETA

Gulyaypoledagi hayot

Gulyaypole — Zaporojjya oblasti markazidan taxminan 80 kilometr şarqda joylaşgan şahar. 2022 yil martida Rossiya qöşini şaharni egallaşga harakat qilgandi, ammo Ukraina qurolli kuçlari şahar ustidan nazoratni saqlab qolişga muvaffaq böldi. Şundan buyon front liniyasi Gulyaypoledan atigi uç kilometr naridan ötadi.

«Zapad» mudofaa kuçlari hududiy boşqarmasi ma’lumotiga köra, tez-tez röy beradigan otişmalar tufayli şahardagi «barça yirik binolar» vayron bölgan, ularning orasida ikki maktab ham bor. Quyida uşbu şahar körinişi aks etgan suratlar.

Gulyaypoleda vayron bölgan bino
David Young / dpa / Scanpix / LETA
Gulyaypole aholisi insonparvarlik yordami olmoqda
David Young / dpa / Scanpix / LETA
Gulyaypoleda vayron bölgan bozor
David Young / dpa / Scanpix / LETA
Gulyaypoledagi köçalardan birining körinişi
David Young / dpa / Scanpix / LETA