Bekzod Şukurov Özbekiston Respublikasi Boş vazirining matbuot kotibi etib tayinlandi.

Tayinlovga qadar u Vazirlar Mahkamasi Turizm, madaniyat va ommaviy kommunikatsiyalar masalalari kotibiyatining Ommaviy kommunikatsiyalar va axborot oçiqligini ta’minlaş masalalari şu’basi mudiri vazifasida işlab kelayotgan edi.

U öz vaqtida Vazirlar Mahkamasida ommaviy axborot vositalarini rivojlantiriş masalalari böyiça boş mutaxassis vazifasida işlagan.

Bundan oldin Vazirlar Mahkamasining ijro apparati tugatilib, uni boşqarib kelgan Ravil Abduqodirov boş vazirga maslahatçi etib tayinlangandi. 

Ijro apparati örniga tuzilgan boş vazir kotibiyatiga Abduraşid Jöraboyev rahbar böldi. U bungaça prezident maslahatçisining örinbosari edi.

2018–2022 yillarda Vazirlar Mahkamasida ommaviy axborot vositalarini rivojlantiriş masalalari böyiça boş mutaxassis vazifasida işlagan Bekzod Şukurov ungaça «Jamiyat» gazetasi boş muharriri, “Özbekiston ovozi” gazetasida bölim boşliği sifatida faoliyat yuritgan.

U 2011 yilda “Oltin qalam”, 2016 yilda esa “E’tirof” tanlovlarida sovrindor bölgan.

Eslatib ötamiz, Boş vazir Abdulla Aripovning matbuot kotibi sifatida işlab kelgan Baxtiyor Madaminoviç Hasanov pensiyaga çiqişi munosabati bilan 11 fevral kuni lavozimidan ozod qilingandi.