Ukrainada sobiq prezident Viktor Yanukoviçga yangi ayblovlar qöyilmoqda. Boş prokuratura uni çegaradan noqonuniy ravişda odamlarni olib ötişda va dezertirlikka undaşda ayblamoqda, deb xabar berdi idora 10 mart, juma kuni özining Telegram-kanalida.

Tergov ma’lumotlariga köra, 2014 yil 23 fevralda Yanukoviç öz xavfsizlik xizmati rahbari va Rossiya vakillari bilan birgalikda Ukraina davlat çegarasini ikki marta noqonuniy kesib ötgan va u orqali kamida 20 kişini Rossiyaga olib ötgan. Öşa kuni, idora ma’lumotlariga köra, Yanukoviç öz şaxsiy qöriqçilarini dezertirlikka undagan.

Yanukoviçning yangi işi böyiça sud jarayoni sirtdan ötkaziladi.

Yanukoviç 2010 yildan 2014 yilgaça Ukraina prezidenti lavozimida işlagan. 2014 yilda hukumatga qarşi tartibsizliklar paytida u mamlakatni tark etib, Rostov-Donga borgan. 2015 yil yanvarida Ukraina Yanukoviçni Interpol orqali qidiruvga berdi. Keyingi yillarda unga nisbatan bir neça jinoiy iş oçildi. Sobiq prezident, jumladan, hokimiyatni tortib oliş va mulkni özlaştirişda ayblanyapti.

2017 yilda Yanukoviçga nisbatan davlatga xiyonat moddasi böyiça jinoiy iş qözğatilgan. Xususan, u 2014 yilda namoyişlar avjiga çiqqan paytda Rossiyadan Ukrainaga qöşin kiritişni söraganlikda ayblangan. 2019 yilda uşbu iş doirasida Yanukoviç sirtdan 13 yillik qamoq jazosiga hukm qilindi.

2022 yil oktyabr oyida Ukraina prezidenti Volodimir Zelenskiy Yanukoviçga qarşi navbatdagi sanksiyalar paketini joriy qildi, 2023 yil mart oyi boşida esa Ukraina Vazirlar Mahkamasi sobiq prezidentning mulkini davlat foydasiga ötkazdi.