10 mart, juma kuni Bryusselda bölib ötgan brifingda Yevropa Ittifoqining yuqori martabali rasmiysi Ukrainaga 3-5 oylik uruş uçun 1 million 155 kalibrli artilleriya snaryadlari yetarli bölişi kerakligini aytdi. Bu Kiyevning ikki oy içida bir million snaryad tugaşi haqidagi rasmiy hisob-kitoblariga zid keladi. Yevropa Ittifoqi rasmiysining ta’kidlaşiça, u Ukrainaning uruş hozirgi bosqiçidan juda tez çiqib ketişini hisobga oladi, bunda artilleriya hal qiluvçi rol öynaydi. «Qurolli töqnaşuvda iştirok etayotgan tomon qançalik köp mudofaa pozitsiyasini egallasa, unga şunça köp snaryad kerak böladi. Biroq, jahon kömagi bilan Ukraina bu pozitsiyadan çiqadi», deb tuşuntirdi u.

Ammo Ukraina öz ittifoqçilaridan olgan qurol tizimlari bilan qarşi hujumga kirişişidan oldin, unga zudlik bilan öq-dorilar kerak. Yevropa Ittifoqi mamlakatlarida qança zaxira borligi noma’lum, çunki bu maxfiy ma’lumot, ammo Bryusselning aytişiça, ba’zi mamlakatlarda deyarli heç narsa qolmagan. Şunga qaramay, reja mualliflari YeIga a’zo davlatlar mavjud barça snaryadlarni Kiyevga ötkazişiga umid qilmoqda va ularni töldirişni kafolatlaşga tayyor.

Ukraina uçun öq-dorilarni birgalikda sotib oliş loyihasi uçta bosqiçga möljallangan. Birinçi bosqiçda Bryussel Yevropa tinçlik jamğarmasidan öz öq-dorilarini imkon qadar tezroq Ukrainaga ötkazişga tayyor bölgan YeI davlatlarining milliy zaxiralarini töldiriş uçun 1 milliard yevro ajratadi. Gap artilleriya snaryadlari haqida ketmoqda. Uşbu bosqiçda Yevropa Ittifoqi mamlakatlarga xarajatlarining 50 foizdan 60 foizigaça kompensatsiya berişga tayyor.

Ikkinçi bosqiç: Yevropa Mudofaa agentligidan Yevropa Ittifoqi mamlakatlari tajribasiga tayangan holda öq-dorilarni birgalikda sotib oliş platformasi sifatida foydalaniş. Şartnomalar faqat Yevropa Ittifoqi davlatlarining mudofaa kompaniyalari bilan tuzilişi kerak. Uşbu maqsadlar uçun Yevropa tinçlik jamğarmasidan yana 1 milliard yevro ajratilişi mumkin, ammo bu fonddan mamlakatlarga faqat Ukrainaga snaryadlar sotib oliş uçun kompensatsiya tölanadi. Yevropa Ittifoqi davlatlarining öz qöşinlari uçun möljallangan xaridlarga ular özlari tölaşi kerak.

Kollektiv asosda katta buyurtmalar öq-dorilar narxini pasaytirişga va yetkazib beriş vaqtini qisqartirişga yordam berişi lozim. Yevrokomissiya birinçi buyurtmalar may oyigaça amalga oşirilişiga umid qilmoqda.

Rejaning uçinçi qismi Yevropa Ittifoqi mamlakatlari armiyalarining ehtiyojlarini qondiriş uçun mudofaa sanoati salohiyatini oşirişdan iborat. Bu ikkinçisi bilan çambarças boğliq, çunki yangi quvvatlarni işga tuşiriş uçun kompaniyalarga aniq şartnomalar va yangi bozor holatini tuşuniş kerak, u uruşdan oldingi holatdan juda farq qiladi.