Farğona tumani Çimyon qişloğining Boy mahallasida yaşovçi Ilyosbek Nömonov xonadonidagi 3 sotix tomorqasida lavanda ösimligi yetiştirişni yölga qöydi. Bir yilda ikki marotaba olinadigan hosildan xuşböy yostiqlar tikilib içki bozorlarga sotilyapti. Oilada 100 dan ortiq zotdor tovuq hamda tötiquşlar ham parvariş qilinadi.

Tadbirkorning aytişiça, Yaponiya xalqaro hamkorlik agentligi (JICA) vakillari xonadonda bölib, lavanda yetiştiriş va unga asoslangan mahsulotlar işlab çiqariş faoliyatiga qiziqiş bildirişgan.

“3 sotix tomorqamizda mevali daraxtlar, pomidor ekib kördik, kutilganidek natija bölmadi. Onamga pomidorni bozordan sotib olib beraman, örniga xuşböy lavanda degan ösimlik bor ekan, ekamiz, deb köndirdim.

2023-yilda 200 tup lavanda köçati olib kelib 3 sotix yerga ekdim. Lavanda gulidan yostiqçalar, şifobaxş damlamalar oliş mumkinligini keyin bildim. Ötgan yildan hosil berişni boşladi. Bir yilda ikki marta hosil ola boşladik.

Eng asosiysi, bu ösimlik qişda ham kökarib turar ekan. Qişda ham hovlingiz yaşnab turadi. Ertalab uyqudan uyğonib taşqariga çiqqaningizda toğning havosi ufurib turadi. Asablar ham dam oladi. Mana endi lavanda gulidan olib yostiq, damlamalar tayyorlab sotyapmiz.

Lavanda hosilini çetga eksport qilişni reja qilib turibmiz. Yaqinda Yaponiyadan JICA taşkiloti delegatsiyasi kelib qiziqişlarini bildirişdi. Ular samolyot örindiğiga yostiqça tayyorlab berişimizni taklif qilişdi. Daromad keltiradigan gulni topib oldik. Maqsadimiz lavandazorni kengaytiriş.