Joriy yilning 11 mart kuni taxminan soat 14:00 larda Mirobod tumanidagi maktablardan birining 11-sinf öquvçilari örtasida özaro janjal kelib çiqqan.

Poytaxt IIBB xabariga köra, 2006 yilda tuğilgan T.A. hamda 2005 yilda tuğilgan O.J. şu tumandagi sport maydonçalaridan birida basketbol öynayotgan vaqtida özaro oğzaki gap talaşib qolgan. Şundan söng, voyaga yetmagan, 2006 yilda tuğilgan T.A. uşbu kelişmovçilikni tinç yöl bilan hal qiliş örniga, özi bilan olib kelgan piçoq bilan 2005 yilda tuğilgan O.J.ning bel sohasiga bir marotaba urgan. 

Röy bergan hodisa oqibatida O.J. tibbiy yordam körsatilişi uçun şifoxonaga olib borilgan. Hozirda O.J.ning holati qoniqarli ekani aytiladi.

Mazkur holat yuzasidan Mirobod tumani IIO FMB huzuridagi Tergov bölimi tomonidan Özbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 277-moddasi («Bezorilik») bilan jinoyat işi qözğatildi. Tergov olib borilmoqda.

“Hurmatli ota-onalar! Farzandlaringizga piçoq yoki boşqa sovuq qurollar muammoning yeçimi emasligini, har qanday nizoni oğzaki hal qiliş mumkinligini, qonunlarga rioya etiş lozimligini tuşuntiring”, deyiladi IIBB xabarida.