Meksika matbuotida yuzlari futbolka bilan yopilgan, qöllari boğlangan holda yerga yuztuban yotgan beş kişi surati keng tarqaldi. Ularni bu holda guruh vakillari tomonidan çaqirilgan Meksika politsiyaçilar topgan.

Ularning yonidan Scorpions rahbariyatining Matamoris aholisi, asirga olingan amerikaliklar va ularning oila a’zolari, şuningdek, töda tomonidan içida AQŞ fuqarolari bölgan mikroavtobus öqqa tutilganda tasodifan halok bölgan meksikalik ayoldan keçirim söragan xati çiqqan.

«Biz bu hujumda bevosita iştirok etgan va buning uçun javobgar bölganlarni topşirişga qaror qildik. Ularning barçasi öz qarori bilan iş körgan va intizomni buzgan», deyiladi maktubda.

Guruh rahbarlari, şuningdek, öz şeriklarini «aybsizlar hayotini himoya qiliş»ni nazarda tutuvçi kartel qonunlarini buzganlikda ayblagan.

Noaniq biografiyaga ega guruh

AQŞ fuqarolarining Matamorisga kelişi maqsadi hali ham töliq aniq emas.

Taxminlardan biriga köra, amerikaliklardan biri — Lataviya MakGi, kosmetik muolaja uçun mahalliy klinikalardan biriga borgan. Unga uçta dösti ixtiyoriy ravişda hamrohlik qilgan.

Amerikaning Texas ştati va Mekikaning Matamoros okrugi örtasidagi çegara. Foto: Reuters

Reuters agentligi tomonidan e’lon qilingan yana bir taxminga köra esa, tört nafar amerikalikdan uç nafari giyohvand moddalar bilan boğliq kiçik jinoyatlar uçun, biri esa ança jiddiy modda — giyohvand moddalarni tarqatiş maqsadida ularni noqonuniy tayyorlaş aybi bilan sudlangan.

Hozirça politsiya amerikaliklarga qilingan hujum oddiy banditizmmi yoki narkotik biznesidagi özaro kuraşmi – bu borada yakuniy xulosaga kelgani yöq.

Ikki amerikalik — Şaid Vudard va Zindel Braun otişmadan köp ötmay olgan jarohatlari tufayli halok böldi. MakGi va guruhning törtinçi a’zosini (ismi noma’lum) Scorpions tödasi a’zolari Matamoris kasalxonasiga olib borgan.

Halok bölganlarning jasadlari allaqaçon AQŞ vakillariga topşirilgan.

Rasmiylar Scorpion guruhi mikroavtobus yölovçilarni begona hududga bostirib kirgan raqib narkokartel a’zolari deb öylagan bölişi mumkinligini istisno etmayapti.

Ammo xato aniqlangan taqdirda ham, narkokartelning keçirim söraşi va hatto öz a’zolarini hokimiyatga topşirişi juda ğalati körinadi.

Meksika jinoiy guruhlari qilgan işidan puşaymon bölişi bilan emas, balki öta şafqatsizligi bilan maşhur.

Ehtimol, guruh rahbarlari bunday harakatlar bilan öz saflarida tartib-intizomni yaxşilaş va kelajakda qaror qabul qilişda özboşimçalik qilişni öylayotganlar uçun dars bölişini maqsad qilgan bölişi mumkin.

AQŞ reaksiyasi

Amerikaliklar bölgan mikroavtobusni egallaşda iştirok etganlardan biri. Foto: Reuters

Matamorosdagi voqea amerikalik siyosatçilar örtasida AQŞ çegaralaridagi narkokartellarga qarşi kuraşiş böyiça çora-tadbirlar töğrisidagi bahslarni yana kuçaytirdi.

Janubiy Karolina ştati senatori Lindsi Grem boşçiligidagi bir guruh respublikaçilar uzoq vaqtdan beri Meksikadagi narkotik savdosiga qarşi kuraşda AQŞ armiyasidan foydalanişni yoqlab keladi.

Jumladan, Grem narkotik kartellarni qonun bilan xorijiy terrorçi taşkilotlar röyxatiga kiritiş va şu maqomga köra harakat qilişni taklif qilmoqda. Senatorning aytişiça, butun Amerika kuçini ularning ustiga qöyib yuboriş kerak.

Meksika hukumati bunday ritorikaga ğazab bilan munosabat bildirdi va buni harbiy aralaşuvga çaqiriq deb atadi.

«Meksika AQŞ mustamlakasi yoki protektorati emas», degan mamlakat prezident Andres Manuel Lopes Obrador.

AQŞning içki xavfsizlik böyiça prezident maslahatçisi Liz Şervud-Rendall ayni damda rasmiy taşrif bilan Meksikada bölib turibdi.

U prezident Obrador bilan AQŞda ösib borayotgan fentanil va sintetik opioidlarning tarqalişi inqirozini muhokama qiladi.