Öz startaplarini ekspertlar, investorlar va ommaviy axborot vositalari vakillari oldida taqdim etiş imkoniyati Tumaris.TECH doirasida inkubatsiya va akseleratsiya dasturini muvaffaqiyatli yakunlagan iştirokçi jamoalar uçun mukofot böldi. Natijada Tumaris.EXPO uçun Özbekiston, Qozoğiston va Qirğizistondan mualliflari ayollar bölgan 17 ta eng yaxşi loyiha tanlab olindi. Rivojlaniş mavzulari juda xilma-xil bölişiga qaramay – tibbiyotdan tortib NFT’gaça, ularning barçasida umumiy narsa bor edi – har bir loyiha ijtimoiy ahamiyatga ega va jamoat muammolarini hal qiladi.

Tadbir doirasida, şuningdek, xalqaro ekspertlarning IT yönalişlari va ayollar tadbirkorligini rivojlantiriş imkoniyatlari, tarmoq bölimi va startap battl haqida sözlab bergan seminarlar bölib ötdi.

“Tumaris.Tech dasturi mamlakatimiz uçun ham, butun Markaziy Osiyo mintaqasi uçun ham muhim rol öynaydi. Hamkorlar va hamkor taşkilotçilar sifatida biz uçun IT sohasida ayollarning rivojlanişi uçun platforma yaratiş, turli sohalardagi eng yaxşi mutaxassislarni jalb qiliş hamda qulay örganiş va tajriba almaşiş uçun barça şaroitlarni yaratiş muhim edi. Loyihaning asosiy hamkori sifatida biz iştirokçilarning ğoyalari haqiqatan işlaydigan startaplarga aylanayotganini körişdan mamnunmiz”, – deya öz taassurotlari bilan bölişdi Beeline Uzbekistan boş direktori Andjyey Malinovski. 

“Biz Beeline Uzbekistan'da odamlarga ularning jinsidan qat’iy nazar ajoyib ğoyalar kelişiga işonamiz. Buning tasdiğini biz har kuni xalqaro miqyosdagi loyihalarni özlari taklif qiladigan, amalga oşiradigan va boşqarayotgan iqtidorli xodimlarimiz orasida körib turibmiz. Şu bois loyihani 5 ta davlatga kengaytiriş ğoyasini mamnuniyat bilan qöllab-quvvatladik va ayollar rivojlanişi uçun eng yaxşi ekspert va murabbiylarni jalb etdik. Işonamanki, Tumaris.TECH kabi loyihalar global özgarişlarni, jumladan, odamlar ongida, ularning turmuş tarzi va tafakkurida özgarişlarni boşlaydi va biz foydali bölişdan hamda öz hissamizni qöşişdan xursandmiz”, – deya qöşimça qiladi Beeline Uzbekistan'ning taşkiliy rivojlanişi va xodimlar bilan işlaş böyiça direktori Sofiya Gainutdinova.

Digital-operator VEON guruhining bir qismi sifatida Tumaris.Tech Expöga ekspert yordamini taqdim etdi. Anjumanda VEON Group kompaniyasining raqamli mahsulotlar böyiça direktori Djorj Xeld sözga çiqib, iştirokçilarga jahon IT-bozoridagi tendensiyalar haqida gapirib berdi. 

Tumaris.TECH dasturining muvaffaqiyati haqida raqamlar gapiradi:

  • 113 ta ayollar startap loyihasi amalga oşirildi;
  • Tumaris.HACK hakatonida 68 ta prototip işlab çiqilgan;
  • 200 dan ortiq ayol va qizlar IT kurslarini tamomlaşgan;
  • 70 dan ortiq iştirokçilar vakolatli investitsiya tamoyillarini örgandilar;
  • 30 ta tayyorlov trekerlari ötkazilgan.

Tumaris.Tech birinçi marta 10 ta loyiha örtasida startap battl ötkazdi. Hakamlar hay’atining ovoz berişi natijasida “OshME” ovqatlaniş muassasalariga taşrif buyuruvçilarga tanlov qilişga yordam beruvçi, kiçik va örta biznes yangi mijozlarni jalb qiliş böyiça yöriqnoma ğolib deb topildi. Iştirokçilar va ğoliblar haqida batafsil ma’lumotni körgazma taşkilotçisining saytidan oliş mumkin.

________________________

Unitel MÇJ 2006 yilning 12 sentabridan boşlab Beeline Uzbekistan savdo belgisi ostida xizmatlar körsatib kelmoqda. Beeline Uzbekistan boş qarorgohi Amsterdam (Niderlandiya) şahrida joylaşgan VEON xalqaro telekommunikatsiya xoldingi tarkibiga kiradi.

VEON 7 mamlakatda 200 milliondan ortiq abonentga ega global telekommunikatsiya va internet xizmatlarining provayderi. Uning aksiyalari NASDAQ va Euronext Amsterdam fond bozorlarida joylaşgan.

Beeline Uzbekistan'da 1,6 mingga yaqin xodim işlaydi. 2006 yildan buyon Özbekiston bozoriga kirişi bilan VEON mamlakat telekommunikatsiya sohasiga 1,4 milliard AQŞ dollaridan ortiq sarmoya kiritdi. Beeline SB'ning Özbekistondagi faoliyati davomida 1,9 milliard dollardan ortiq soliq tölangan.

Sayt: beeline.uz

Facebook: fb.com/beeline.uz

Instagram: @beeline_uzbekistan

Telegram: t.me/beelineuzbekistan

Twitter: twitter.com/beeline_uz

LinkedIn: linkedin.com/company/beeline-uzbekistan/

Reklama huquqi asosida