«Biz bir yildan ortiq vaqtdan beri bu havo hududida parvozlarni amalga oşirib kelyapmiz... va buni davom ettiriş niyatidamiz», deb ta’kidlab ötdi Kirbi.
Rossiyaning AQŞdagi elçisi Anatoliy Antonov Vaşingtondagi Davlat departamentiga çaqirildi.
Davlat departamenti matbuot kotibi Ned Prays, öz navbatida, şunday dedi: «Biz töğridan töğri Rossiya tomoni bilan, eng yuqori darajada, bu xavfli, noprofessional tutib oliş hamda AQŞning uçuvçisiz apparati qulaşiga sabab bölgan holat böyiça özimizning keskin e’tirozlarimizni bildiriş uçun aloqa örnatmoqdamiz».
Bundan oldin Rossiyaning ikkita Su-27 samolyoti 2023 yil 14 mart kuni Qora dengiz ustidagi xalqaro havo hududida parvoz qilayotgan AQŞ harbiy-havo kuçlarining MQ-9 uçuvçisiz droniga qarşi xavfli manyovr qilgani xabar berilgandi.
AQŞ Qurolli kuçlarining Yevropa qömondonligi (USEUCOM) ma’lumotiga köra, Rossiyaning Su-27 samolyotlaridan biri MQ-9 parraklariga urilib, şikast yetkazgan. Oqibatda, AQŞ Qurolli kuçlari xalqaro suvlarda MQ-9 dronini urib tuşirişga majbur bölgan.
Töqnaşuvdan oldin Su-27 samolyotlari MQ-9 oldidan yonilği tökib, ekologik xavfli va noprofessional tarzda uçib ötgan.












