Ukrain harbiylari xitoyliklar tomonidan işlab çiqarilgan uçuvçisiz uçiş apparatini urib tuşirgan. Bu haqda xabar bergan CNN ma’lumotiga köra, bu xitoyliklarning tijorat maqsadlarida işlab çiqarilgan va harbiy maqsadlar uçun qayta jihozlangan Mugin-5 droni bölgan.
Ukrain harbiylari CNN muxbiriga, dronni öqotar qurol bilan urib tuşirişganini aytişgan — apparat juda past balandlikda harakatlangan. Telekanal muxbiri dron korpusida öqdan qolgan izlarni körganini tasdiqlagan.
CNN bilan gaplaşgan ekspertlardan biri dronda 3D-printerda çop etilgan komponentlardan tayyorlangan bombalarni taşlaş mexanizmi mavjudligini qayd etgan. Bu esa, ekspertlarning hisoblaşiça, dron köp marta foydalaniş uçun möljallanganini körsatadi.
Xitoyning dronlar işlab çiqarişga möljallangan Mugin Limited kompaniyasi Ukrainada aynan ular işlab çiqargan pilotsiz uçar qurilma urib tuşirilganini tasdiqlagan. Ular öz dronidan jangovar harakatlarda foydalanilayotganidan taassufda ekanlişini bildirib, «bu işlarni töxtatiş uçun barça narsa qilişlari»ni ta’kidlaşgan. Avvalroq kompaniya öz dronlari harbiy maqsadlarda foydalanişini qoralab bayonot bergan, şuningdek keng kölamli bosqin boşlanganidan buyon Rossiya va Ukrainadan buyurtmalar qabul qilişni töxtatganini ma’lum qilgandi.
CNN hodisa yuzasidan izoh oliş uçun RF mudofaa vazirligiga yuzlangan, ammo javob ololmagan.
- Mart oyi boşida Rossiyadagi telegram-kanallar Qrimda Ukrainadan uçirilgan Mugin-5 rusumli ikkita dron radioelektron kuraş vositalari orqali qöndirilgani haqida xabar tarqatgandi.
- Bu dronlar «Alibaba dronlari» sifatida ham ma’lum, çunki bunday qurilmalarni 15 ming dollar evaziga Xitoyning Alibaba va Taobao kabi internet-platformalaridan ham sotib oliş mumkin.













