«Katta yettilik» mamlakatlari Taşqi işlar vazirliklari va Yevropa Ittifoqining taşqi işlar va xavfsizlik siyosati böyiça oliy vakili Jozep Borrel Şimoliy Koreyaning qit’alararo ballistik raketa uçirganini qoraladi. Yevropa taşqi harakatlar xizmati 19 mart, yakşanba kuni e’lon qilingan qöşma bayonotga köra, Pxenyanning harakatlari «mintaqaviy va xalqaro tinçlik va xavfsizlikka putur yetkazadi».

Bundan taşqari, G7 va Yevropa Ittifoqi yangi raketa uçirilişidan keyin BMT Xavfsizlik kengaşining harakatsizligini qoraladi. Hujjat mualliflarining ta’kidlaşiça, uşbu organning alohida a’zolari zarur çoralarni körişga tösqinlik qilişgan, ular aniq mamlakatlar nomini keltirmagan.

Bundan taşqari, bayonotda Şimoliy Koreya ballistik raketa uçirganining rekord soniga, şuningdek, Pxenyanning yadroviy quroldan foydalaniş ehtimoli böyiça «mas’uliyatsiz va beqarorlaştiruvçi ritorika»siga işora qilinadi. Uning mualliflari KXDRdan yadro qurolidan, yadroviy dasturlardan va ommaviy qirğin qurollari va ballistik raketalarni yaratiş böyiça har qanday boşqa dasturlardan voz keçiş, şuningdek, BMT Xavfsizlik kengaşining tegişli rezolyutsiyalaridan kelib çiqadigan majburiyatlarni töliq bajariş talabini yana bir bor ta’kidladilar.

Janubiy Koreya qurolli kuçlari ma’lumotlariga köra, 19 mart kuni ertalab KXDR Pxenyan provinsiyasi şimolidagi hududdan Yapon dengizi tomon qisqa masofali ballistik raketani uçirdi. Öz navbatida, Yaponiya Mudofaa vazirligi Şimoliy Koreya raketasi 50 km balandlikka kötarilgani va 800 kilometr masofani bosib ötganini bildirgan. Keyin obekt dengizga qulagan.

Bu Şimoliy Koreyaning Janubiy Koreya va Qöşma Ştatlar Warrior Schield şartli nomi ostidagi, sönggi beş yildagi eng yirik qöşma harbiy maşğulotlarni boşlagan 12 martdan beri uçinçi raketa sinovidir. KXDR bu maşqlarni «bosqinçilik maşğulotlari» deb hisoblasa, Seul va Vaşington faqat mudofaa amaliyoti ötkazilayotganini ta’kidlagan. Bundan taşqari, joriy yilda Pxenyan 1 yanvar, 19 va 20 fevral kunlari raketa uçirişlarini amalga oşirdi. 2022 yilda Şimoliy Koreya BMT Xavfsizlik kengaşining ularni töxtatişga çaqirgan rezolyutsiyalariga qaramay, har qaçongidan ham köproq raketa uçirdi - 50 dan ortiq raketa sinovlarini ötkazdi.

3 yanvar kuni Janubiy Koreya prezidenti Yun Sok Yol Milliy xavfsizlik boşqarmasiga «Şimoliy Koreya navbatdagi provokatsiyaga yöl qöysa», 2018 yil 19 sentabrdagi Koreyalararo harbiy kelişuvni töxtatib turiş masalasini körib çiqişni topşirdi. Bu Şimoliy Koreya uçuvçisiz uçiş apparatlarining Janubiy Koreya havo hududiga kirişiga javob böldi.