Ukrainadagi uruş hattoki yaqin kunlarda tugasa ham, xavfsizlik muhiti uzoq muddatga özgardi. Bunday bahoni NATO boş kotibi Yyens Stoltenberg 21 mart, seşanba kuni alyansning Bryusseldagi ştab-kvartirasida NATOning 2022 yildagi faoliyati natijalarini taqdim etgan matbuot anjumanida bildirdi.

Stoltenbergning sözlariga köra, «asosiysi Şvetsiya va Finlandiya tezda NATOning tölaqonli a’zosiga aylanişlaridir». Bu mamlakatlarning ittifoqqa qabul qilinişi ularni xavfsizroq, NATOni esa kuçliroq qiladi. Bundan taşqari, bu qadam alyans eşiklari oçiqligini körsatadi, deya ta’kidladi taşkilot boş kotibi.

Rossiyaning Ukrainaga qarşi uruşiga izoh berar ekan, Stoltenberg Ğarb ittifoqçilari uçun «bu şok bölgani, ammo kutilmagan holat bölmaganini» ta’kidladi. «Bu [Rossiyaning Ukrainaga harbiy bostirib kirişi] tajovuzkor harakatlar modelining çöqqisi böldi», deb tuşuntirdi NATO boş kotibi.

Şu bilan birga, Stoltenberg 2022 yil iyun oyida Madridda bölib ötgan NATO sammitida Rossiyani «terrorizm tahdidi davom etayotgani bilan birga», «xavfsizlik uçun eng muhim tahdid» deb hisoblaydigan strategik konsepsiya qabul qilinganini eslatib ötdi. Unda, şuningdek, Xitoy ittifoqning manfaatlari, xavfsizligi va qadriyatlariga qarşi çaqiriq ekani aytilgan.

Bundan taşqari, Stoltenberg Rossiyaning Ukrainaga qarşi uruşi fonida alyansga a’zo köplab davlatlar harbiy xarajatlarni oşirişini e’lon qilganini ta’kidladi. «Endi bu va’dalar real pul, şartnomalar va aniq jihozlarga aylanişi kerak. Çunki mudofaa xarajatlari biz qilayotgan har bir işning markazida», - dedi NATO boş kotibi. Şu bilan birga, u 2023 yil iyulida Vilnyusda bölib ötadigan alyans sammitida a’zo davlatlar harbiy budjetlar böyiça yanada ulkan majburiyatlarni olişini kutayotganini bildirdi.

Stoltenbergning sözlariga köra, 2022 yil Yevropa va Kanadada mudofaa xarajatlari ketma-ket sakkizinçi yil oşirildi. Umuman olganda, ular 2014 yildan beri 350 milliard dollarga ösdi.