Ukraina sudi Viktor Medvedçukning rafiqasi Oksana Marçenkoning 440 million grivnadan (11 million yevro) ortiq «yaşirin aktivlari»ni xatlovga oldi. Bu haqda 24 mart, juma kuni Ukraina xavfsizlik xizmati («SBU») ma’lum qildi.
«SBU» Marçenkoni Rossiya okkupatsion guruhlarini moliyalaştirganlikda gumon qilmoqda. Sud qarori Zaporijjyadagi A.M.Kuzmin nomidagi «Dneprospetsstal» OAO elektrometallurgiya zavodining 6,8 foiz uluşiga tegişli bölib, unga Marçenko uçta ofşor kompaniya orqali egalik qiladi, deb xabar berdi xavfsizlik xizmati. Korxona strategik ahamiyatga ega bölib, sanoatda pölat va temir buyumlar işlab çiqarişga ixtisoslaşgan.
«Aktivlarning xatlovga olinişi ularni boşqa şaxslarga qayta röyxatdan ötkazişdan himoya qiladi va kelajakda davlatimiz foydasiga ötkaziş imkonini beradi», — deyiladi «SBU» xabarida.
Fevral oyi oxirida Ukrainada Marçenkoning qiymati 5,6 milliard grivnadan (140,5 million yevro) ortiq bölgan mol-mulki xatlovga olindi. Öşanda uçta hududiy energiya ta’minoti kompaniyasining uluşi, 18 ta investitsion, agrosanoat, telekommunikatsiya va boşqa kompaniyalardagi aktivlari, şuningdek, ikkita yer uçastkasi, Kiyev va Qrimdagi törtta turar joy binosi va 10 ta avtomobil xatlangan.
Marçenkoning özi «SBU» tomonidan «konstitutsiyaviy tuzumni zörlik bilan özgartiriş yoki ağdariş yoki davlat hokimiyatini egallab oliş, Ukraina hududi yoki davlat çegarasini özgartiriş maqsadida sodir etilgan harakatlarni moliyalaştiriş» moddasi böyiça gumonlanayotganini ma’lum qildi (Jinoyat kodeksining 110-2-moddasi 3-qismi).
Medvedçuk Kremlning Ukrainadagi asosiy siyosiy ittifoqçilaridan biri edi. Öz sözlari bilan aytganda, 2004 yilda Putin kenja qizining çöqintirgan otasi bölgan. Uning «Muxolifat platformasi – hayot uçun» rossiyaparast partiyasi uruş boşlanişidan oldin Oliy radada 44 öringa ega bölgan. 20 mart kuni Zelenskiy harbiy holat davrida partiya faoliyati töxtatilganini e’lon qildi.
Medvedçukning özi 2021 yil may oyidan beri uy qamoğida bölgan, unga xiyonat va «milliy boyliklarni talon-toroj qilişga uriniş» ayblovi qöyilgan. Tergovning ta’kidlaşiça, u «DXR» va «LXR» deb atalmiş hududlardan kömir yetkazib beriş bilan şuğullangan va şu tariqa uşbu «respublikalarni» moliyalaştirgan.
Rossiyaning Ukrainaga bostirib kirişi boşlanganidan uç kun ötib, Medvedçukning uy qamoğidan qoçgani ma’lum böldi. 12 aprelgaça uning qayerdaligi haqida heç narsa ma’lum emas edi, öşa kuni Ukraina prezidenti Volodimir Zelenskiy siyosatçi uşlanganini e’lon qildi. «SBU» Medvedçuk Kiyev viloyatidan çiqişda qölga olinganini, uning qoçişini esa Rossiya maxsus xizmatlari uyuştirganini da’vo qilmoqda. Sentabr oyida Kiyev Medvedçuk 200 nafar ukrainalik harbiy asirga, jumladan «Azovstal» himoyaçilariga almaştirilganini e’lon qildi.












