Hozirgi şaroitda köplab davlat va hukumat rahbarlari Ukrainaga kela olmasligini hamma yaxşi biladi, şuning uçun ham Yevropa Ittifoqi davlatlaridan birida sammit taşkil qiliş mumkin, dedi u. 

«Bu Yevropaga global kuç bermaydimi? Albatta, beradi», - dedi Zelenskiy.

Ukraina prezidenti 2022 yil sentabrida özining 10 bandlik «tinçlik formulasini» taqdim etdi. Unda, xususan, davlatlar çegaralarini buzganlik uçun jazo çoralari, şu jumladan sanksiyalar, davlatlarning öz fuqarolari hayotini himoya qiliş huquqi, xavfsizlikni (şu jumladan, oziq-ovqat va yadroviy), şuningdek, hududiy yaxlitligini tiklaş masalalari körib çiqiladi.

2022 yil dekabrida Volodimir Zelenskiy özi taklif qilgan formulani amalga oşiriş uçun birinçi marta sammit ötkazişga çaqirdi. Uning sözlariga köra, bunday forum barça xalqlarni «jahon tinçlik ğoyasi atrofida» birlaştirişga xizmat qilişi kerak.