Ukraina qurolli kuçlari Baxmutni himoya qilişda davom etmoqda, garçi şahar atrofidagi vaziyat ular uçun yaxşilanmayotgan bölsa ham. Ammo bu Ukraina qömondonligining yagona muammosi emas: Rossiya qöşini Ukraina qurolli kuçlarining Donetskdan şimolroqda joylaşgan Avdiyivka şahridagi istehkomini qurşab oliş maqsadida jiddiy harakat boşlagan. Rossiyaning Baxmutdan şimoldagi Kreminna şahri atrofidagi yurişlari ham davom ettirilmoqda. Ammo ayni paytda Ukraina qurolli kuçlari tez orada qarşi hujumga ötişiga ilk işoralar ham paydo böldi (harakatlarga köra, Donbassda ham, Zaporijjyada ham).
Ukraina quruqlik qöşinlari qömondoni Oleksandr Sirskiy Ukraina qurolli kuçlari Baxmut hududiga yaqin orada hujumga ötişi haqida gapirdi. «Heç narsani ayamay, ular sezilarli kuçini yöqotyapti va zaiflaşib boryapti. Tez orada biz Kiyev, Xarkiv, Balakliya va Kupyansk yaqinlarida bölgani kabi bu imkoniyatdan foydalanamiz», dedi Sirskiy.
Baxmut
- Ukraina qömondonligi Baxmut atrofiga yirik zaxira kuçlari taşladi. Bir neça yangi batalonlar şaharni töliq örab olişga tösqinlik qiladigan uçastkada joylaşgan. Ular «Vagner» yollanma jangçilarini Baxmutdan Xromovo orqali ğarbga olib boruvçi «hayot yöli»ga yaqinlaştirmaslikka harakat qilmoqda. Ijtimoiy tarmoqda Ukraina qurolli kuçlarining «Vagner»ning yöldan bir neça yuz metr masofadagi pozitsiyalariga qarşi hujumi aks etgan video paydo böldi.
- Ukraina qurolli kuçlari Baxmutdan janubi-ğarbdagi boşqa yöl atrofida ham qarşi hujum uyuştirmoqda (Ukraina qöşini bu yöldan foydalanişi qiyinlaşgan, çunki «vagnerçilar» ançadan buyon Baxmutdan janubi-ğarbdan çiqiş yöllarini şturm qilmoqda). Ivanovskiy rayonida (Krasniy) Ukraina qurolli kuçlari zirhli texnikalari yollanma jangçilarni oldingi çiziqdagi pozitsiyalaridan surib çiqarişga muvaffaq bölgan.
- Şahar atrofidagi boşqa yönalişlar va şaharning özida esa vaziyat Ukraina tomoni uçun u qadar yaxşi emas. Xususiy harbiy kompaniya jangçilari Baxmut markaziga şimol va janubdan yaqinlaşib kelmoqda. Şimoldagi sanoat zonasining katta qismi (Artemovsk rangli metallar zavodi) egallab olingan, janubda esa yollanma jangçilar töğridan töğri şaharning markaziy qismi boşlanuvçi Mariupol köçasiga çiqişgan. Şahardan janubi-ğarbiy çiqiş yöllarida esa, yuqorida aytilganidek, janglar olib borilmoqda.
- «Vagner» XHK şimolda nisbatan sezilarli natijalarga erişmoqda. Yollanma jangçilar Baxmut — Çasiv Yar temiryöli böylab siljimoqda va allaqaçon Bogdanovka va Orixivo-Vasilyyevka qişloqlariga yetib borib, tepaliklarni zabt etişgan. Endi nafaqat Baxmut qurşovga tuşişi, balki yollanma jangçilar şimoli-şarqdan Çasivga çiqişining real tahdidi yuzaga kelgan. XHK jangçilari Baxmut — Kramatorsk trassasi böylab ham oldinga yurmoqda, bu yönalişda yollanma jangçilar Zaliznyanskoye qişloğini egallagan va bu yerda ham tepaliklarni nazorat qilmoqda.
Avdiyivka
- RF qurolli kuçlari Avdiyivkadan şimolda va janubi-ğarbda yuriş boşlagan. Bungaça uşbu şahar va uning atrofiga bir neça hafta davomida deyarli har kuni aviazarbalar yöllandi. Ikki tomondagi manbalar rossiyaliklar Avdiyivkadan şimolda sezilarli darajada oldinga siljiganini xabar qilişgan. Krasnogorovka posyolkasi egallangani va Rossiya qöşini undan ğarbroqqa ham ötgani aytilgan. Ammo hafta davomida bu ma’lumotlarni tasdiqlaydigan video yoki fotolar paydo bölmadi. Rossiya tomonidagi manbalarning ayrimlari RF qurolli kuçlari faqatgina Krasnogorovkaning özida «örnaşgani», yuriş qiyin keçayotgani, qöşin katta yöqotişlarga uçragani haqida xabar bergan.
- Avdiyivkadan janubi-ğarbida esa yöqotişlar bölgani aniq va RF qurolli kuçlari uçun yuriş juda oğir bölmoqda: Vodyanoye va Severnoye posyolkalari orasida rossiyaliklarning zirhli texnikalari kolonnasi yakson etilgani aks etgan videolar mavjud.
- Ammo nima bölganda ham rossiyaliklar yurişi Ukraina qurolli kuçlari uçun yangi inqiroz keltirib çiqaradi. Avdiyivka endi yarim qurşov holatida, u yerdan ukrain qöşinini olib çiqiş esa Donetskdan şimoldagi butun front qulaşiga olib kelişi mumkin. Ukraina qurolli kuçlari şaharni uşlab turiş uçun özining bahorgi yurişi boşlanguniga qadar işlatmoqçi bölmagan (lekin bu zaxiralarning bir qismi baribir Baxmut mudofaasi uçun yuborildi) zaxiralarni yuborişga töğri kelişi mumkin.
Zaporijjya oblasti
- Ukraina qurolli kuçlari Zaporijjya oblastida uzoq vaqtdan buyon ilk bor yirik hujum uyuştirdi. Orixivdan janubi-şarqda ukrain bölinmalari (ularning miqdori aniq emas) bir neça bor Tokmakka boruvçi yöl böylab janubga yorib ötişga harakat qildi. Hujumlar qaytarilgan, Ukraina qurolli kuçlarining bir qança texnikalari jang maydonida yonib ketgan. Bu hujumlar razvedka janglari yoki RF qurolli kuçlarini bu uçastkaga qöşimça kuç yuborişga majbur qilişga qaratilgan çalğituvçi zarba bölişi (asosiy zarba esa butunlay boşqa joyda berilişi) ham mumkin.
Amerikadagi Uruşlarni örganiş instituti (ISW) ma’lumotlariga köra, Rossiyaning Ukrainadagi hujumi eng yuqori nuqtasiga yetmoqda. Tahlilçilar fikriça, keyingi haftalarda Rossiyaning Donbassdagi hujum amaliyotlari sur’ati sekinlaşdi, bu Rossiya qurolli kuçlarining bahorgi hujumi yaqin orada yakunlanişidan dalolat berişi mumkin.













