Şvetsiyaning qöşilişi böyiça şunga öxşaş protokol avvalroq parlamentda muhokama qilingan, biroq u böyiça ovoz beriş hali kun tartibiga kiritilmadi.
Avvalroq Finlandiya prezidenti Sauli Niinistyo mamlakatning NATOga kirişi haqidagi qonunni imzoladi.
1 mart kuni Finlandiya parlamenti NATOga kiriş töğrisidagi qonun loyihasini ma’qullagan edi. Loyihani 184 nafar deputat «ma’qulladi», 7 nafari «qarşi», 1 nafari «betaraf» ovoz berdi, yana 7 nafar deputat qatnaşmadi.
2022 yil may oyida Şvetsiya va Finlandiya NATOga a’zo böliş uçun ariza topşirişini rasman e’lon qildi. Avvalgi betaraflik siyosatidan voz keçiş qaroriga Rossiyaning Ukrainaga bostirib kirişi sabab böldi.
Endi Finlandiyaning NATOga kirişi uçun alyansga a’zo bölgan önlab davlatlar ariza beruvçining arizasini qöllab-quvvatlaşi kerak.












