Finlandiya 4 aprel, seşanba kuni rasman NATOga a’zo böladi, deya ma’lum qildi Şimoliy Atlantika alyansi boş kotibi Yyens Stoltenberg. 

«Biz bu yerda, NATO ştab-kvartirasida birinçi marta Finlandiya bayroğini kötaramiz. Bu Finlandiya xavfsizligi, Şimoliy Yevropa mamlakatlari va umuman NATO xavfsizligi uçun yaxşi kun böladi», dedi u Bryusselda jurnalistlarga. 

Yyens Stoltenbergning qöşimça qilişiça, «natijada, Şvetsiya ham xavfsizroq böladi».

1 mart kuni Finlandiya parlamenti NATOga kiriş töğrisidagi qonun loyihasini ma’qullagan edi. Loyihani 184 nafar deputat «ma’qulladi», 7 nafari «qarşi», 1 nafari «betaraf» ovoz berdi, yana 7 nafar deputat qatnaşmadi. 

2022 yil may oyida Şvetsiya va Finlandiya NATOga a’zo böliş uçun ariza topşirişini rasman e’lon qildi. Avvalgi betaraflik siyosatidan voz keçiş qaroriga Rossiyaning Ukrainaga bostirib kirişi sabab böldi. 

Avvalroq Yyens Stoltenberg ikkala davlat ham «NATOga bajonidil qabul qilinişi» mumkinligini aytgan edi.