Uç farzandini kanalga ğarq qilgan ayol
2022 yil 3 noyabr kuni Samarqand tumani Jarqişloq mahallasida yaşovçi, 1996 yilda tuğilgan ayol qaynonasi bilan örtalarida kelib çiqqan oilaviy kelişmovçilik natijasida unga jahl qilib, 3 nafar voyaga yetmagan farzandlari bilan birga özini Darğom kanaliga taşlagan. Ular kanalda oqib ketayotganida Samarqand tumani Yangiariq mahallasida joylaşgan oşxonada işlovçi fuqarolar tomonidan suvdan çiqarib olingan.
Hodisa oqibatida ayolning ikki nafar farzandi vafot etadi. Özi va yana bir farzandi tuman markaziy şifoxonasiga olib boriladi.
Özi va uç qizini poyezd tagiga taşlagan ona
Navoiy viloyatining Navbahor tumanida yaşovçi ayol 2021 yilning 21 mart kuni Navoiy şahridagi dam oliş maskanidan qaytayotib, Karmana tumani hududida özi va uç nafar qizining joniga suiqasd qiladi. 31 yoşli ayol Navröz bayrami munosabati bilan 2013, 2016 hamda 2018 yilda tuğilgan qiz farzandlarini Navoiy şahridagi dam oliş maskaniga olib borgan va ular bilan sayr qilgan. Ortga qaytayotganda esa Karmana tumanining «Malikrabot» qörğoni hududida, Karmana – Tinçlik temir yöl bekatlari oraliğida özi va farzandlarini poyezd tagiga taşlaydi.
Ularni yuk poyezdi urib yuborgan. Oqibatda ona Karmana tumani tibbiyot birlaşmasining jonlantiriş bölimida vafot etgan. Voyaga yetmagan 5 yoşli qizi esa oğir tan jarohati tufayli jonlantiriş bölimiga yotqizilgan. 8 hamda 3 yoşli qizaloqlar baxtli tasodif tufayli omon qolgan.
Namanganda özi va ikki bolasini suvga çöktirgan ayol
2020 yilning 24 oktabr kuni Yangiqörğon tumani “Eski yer” suv omborida suv betida uçta jasad qalqib çiqqan. Tezkor guruh bir nafar ayol va ikki nafar voyaga yetmagan bolalarning jasadlarini suvdan olib çiqadi.
Aniqlanişiça, marhum tumanning Navkent mahallasida yaşagan ayol bölib, u şa’riy nikohdagi turmuş örtoğiga tegişli bölgan tutzor uçun möljallangan 2 gektar yerning 0,50 sotixini turmuş örtoği tomonidan ukasiga ötkazib berilganidan norozi bölgan. Aççiq ustida öz joniga qasd qiliş maqsadida ikki nafar voyaga yetmagan farzandlari – uç yoşli öğli va 2 yoşli qizini “Eski yer” suv omborining boşlaniş qismiga olib kelgan. Farzandlarini ketma-ketlikda suvga taşlab, ular çökkaniga işonç hosil qilgaç, özini ham suvga taşlagan.
Ma’lum bölişiça, ayol öz joniga qasd qilişdan oldin yer maydonini berib yuborilişidan norozi ekanini bildirib, xat yozib qoldirgan.
Ikki bolani suvga ğarq qilgan ona
2018 yil 25 iyun kuni soat 27 yaşar ayol beliga arqon bilan 2 nafar farzandi, 7 yaşar qizi va 3 yaşar öğlini boğlab, özini Andijon viloyati, Jalaquduq tumani hududidan oqib ötgan “Şahrixonsoy” kanaliga taşlagan. Ularni şu atrofdagi fuqarolar suvdan çiqarib olişgan. Ayolning hayoti saqlab qolingan, lekin voyaga yetmagan farzandlari voqea joyida vafot etgan.
Bir qaraşda ayolning oilasi u qadar notinç ham bölmagan. Turmuş örtoği çorva boqiş bilan şuğullanib kelgan. Vafot etgan 7 yoşli qiz farzandi, tumandagi 25 – maktabning birinçi sinfida ta’lim olar edi. Marhum uç yoşli öğli esa, daun sindromi bilan tuğilib, davolanayotgan bölgan.
“Qayerda qoldiraman, deb öyladim va bolani böğib öldirdim”
Qörğontepa tumanida yaşovçi Saidaxon Tillavoldiyeva özining öğli bölgan, 2015 yil 4 noyabrda tuğilgan Firdavsbek Ibrohimjonovni 2018 yilning 2 apreli kuni böğib öldirgan. Jinoyatni yaşiriş maqsadida, bolaning jasadini arça tagiga yaşirib qöyadi.
Qölga tuşganida bolasini öz qöllari bilan öldirgan ona öz gunohini quyidagiça izohlaydi: “Bolani taşlagani Toşkentdan qaytib keldim. Uçköprikka kelsam, opa yöq ekan. Keyin uni maşinada Andijonga yubormoqçi edim, ammo bola unamadi. Keyin buni qayga olib boraman, işlaşim kerak, menga joy yöq, buni qayerda qoldiraman, deb öyladim va bolani öldirişga majbur böldim. Qölimda böğib öldirdim, şunga majbur böldim. Uyga qaytay desam, ayam kiritmasdi. Dadam qabul qilişi mumkin edi, ammo ayam kiritmasdi, baribir bola köçada xor bölib ölardi. Öldirganimdan keyin, bağrimga bosib ötirdim, keçirim söradim...”.
Hojatxonaga taşlangan çaqaloqlar
2018 yil 5 mart kuni Namangan viloyatining Uçqörğon tumanida yaşovçi B.X. boğdagi hojatxonada qiz tuqqan va uni qasddan öldiriş maqsadida hojatxonaga taşlab yuborgan.
2019 yil 2 iyul kuni fuqaro F.T. Surxondaryo viloyati Denov tumani, Lolazor mahallasidagi Habibobod bozori hududida joylaşgan ayollar hojatxonasida qiz bola çaqaloqni tuğib, hojatxona içiga taşlab ketgan.
Har ikki holatda ham çaqaloqlarning yiğisini atrofdagilar eşitib qolişi natijasida bolalar qutqarib qolingan.
Kaltaklab öldirilgan bolakay
Izboskan tumani Jaloliddin Manguberdi mahallasida yaşovçi ikki bolaning onasi bölgan ayol 2018 yil 15 oktabr kuni 5 yaşar öğlini ayovsiz kaltaklagan. Uzun reyka bilan uyga qamab olib, kaltaklangan bolaning tanalari tayoq zarbidan momataloq bölib ketgan. Kaltak azobidan bola dod solib köçaga qarab yugurgan va yiqilib vafot etgan.
Guvohlarning aytişiça, ayol öta asabiy bölgan, bolalarini tez-tez kaltaklab turgan. Ma’lumot berişlariça, ayolning eri Rossiyaga işlagani ketgan, ayol tirikçilik vajidan qiynalib asabiy bölib qolgan.
Körinadiki, hammani dahşatga tuşiradigan holatlar yetarliça köp uçraydi. Bu esa jamiyatda ayollar ruhiyati bilan işlaş köngildagidek emasligi, bolalar himoyasi böyiça muammolar bisyor ekanligini anglatadi. Sergeli fojiasidan keyin ham qator komissiyalar tuzilişi, vaziyat atrofliça örganilişi şubhasiz. Ammo vakolatli taşkilotlar bölib ötgan voqeani tahlil qiliş bilan birga, yuzaga kelişi mumkin bölgan holatlarning oldini oliş böyiça işlaşlari şart.
Abror Zohidov












