Bugun, 5 aprel kuni Qaşqadaryo viloyatining toğli hududlarida qor yoğdi. Jumladan, Şahrisabz tumanidagi Köl qişloğida yoğgan. Bu haqda Kun.uz’ga şu qişloqda yaşovçi Zafarjon Najmiddinov xabar berdi.
Şuningdek, viloyatning Dehqonobod tumani Guliston mahallasida bugun tunda qor yoğib, yerlar oppoq tus olgan.

«Hisor» davlat qöriqxonasi xodimlarining xabar berişiça, qöriqxona hududida joylaşgan toğlarga ham yoğingarçilik qor körinişida tuşgan.
Bundan taşqari, keça, 4 aprel kuni Şahrisabz tumanining toğli hududidagi Sarçaşma qişloğida ham qor yoğib ötgandi.


Eslatib ötamiz, «Özgidromet» 5-7 aprel kunlari kutilayotgan kuçli yoğingarçilik sababli respublikaning toğoldi va toğli hududlarida sel keliş xavfi borligi haqida ma’lum qilgandi. Ana şu yoğingarçiliklar baland toğlarda qor körinişida bölişi taxmin qilinmoqda.












