Uçraşuvda savdo-iqtisodiy va sarmoyaviy sohalarda ikki tomonlama şeriklik munosabatlarini rivojlantirişning bugungi holati va istiqbollari, Özbekistonda davlat boşqaruvi samaradorligini oşiriş böyiça joriy etilayotgan loyihalar doirasidagi navbatdagi vazifalar muhokama qilindi.

Özaro yetkazib berilayotgan tovarlar turlarini yanada kengaytiriş böyiça tizimli çora-tadbirlar köriş muhimligi qayd etildi. Şu munosabat bilan tomonlar Özbekiston eksport salohiyatini rivojlantiriş strategiyasini tayyorlaş doirasida hamkorlikni faollaştirişga kelişib oldilar.

Uçraşuvda mamlakat hududlari infratuzilmasini rivojlantiriş va sanoat salohiyatini oşiriş istiqbollari ham körib çiqildi. BAA tomoni iqtisodiyotdagi davlat uluşini qisqartiriş böyiça islohotlar yangi bosqiçini yuqori baholadi hamda işlab çiqariş quvvatlarini rivojlantiriş va kommunal soha tizimlarini takomillaştirişga qaratilgan şahar va tumanlar boş rejalarini işlab çiqişda hamkorlikni kengaytirişga tayyorligini bildirdi.

Davlat boşqaruvi samaradorligini oşiriş, axborot texnologiyalarini keng joriy etiş masalalari alohida muhokama qilindi. Tomonlar sun’iy intellekt sohasida hamkorlikni rivojlantiriş böyiça kengaş tuziş zarurligi haqida yakdil fikrga kelgan.