Ziroat Mirziyoyeva Namangan viloyatining 46-son ixtisoslaştirilgan maktab-internatidagi bolalar bilan uçraşib, samimiy suhbatlaşdi va ular bilan birga muvaffaqiyatlar şodligini baham kördi.

«Zamin» fondining kömagi bilan maktabning barça öquvçilari taşxisdan ötkazilib, ularga eşitişni protezlaş amaliyoti bajarildi. Şuningdek, maktab zamonaviy assistiv uskunalar bilan ta’minlandi, informatika sinfi jihozlandi, robototexnika töplamlari yetkazildi. Informatika öqituvçilari maxsus metodologiya asosida öqitildi.

«Zamin Education» loyihasi doirasida «Zamin» fondi va «Digital Generation Uzbekistan» NNM «Raqamli Avlod Qizlari – 2023» respublika inklyuziv IT-oromgohini ötkazdilar.

Tadbirda 72 nafar qiz iştirok etdi. Ular uç kun davomida grafik va raqamli dizayn, veb-dasturlaş böyiça bilimlarini oşirdilar va tanlov dasturlarida qatnaşdilar. Söng öz loyihalarini tanlovga taqdim etdilar.

IT-oromgoh iştirokçilari mehmonlarga öz natijalari va yangi loyihalari haqida hikoya qilib berdilar.

Tanlovning «Digital Art» yönalişidagi ğoliblar orasida 46-son ixtisoslaştirilgan maktabdan Usmonova Malika ham bor edi.

PS: Mirziyoyeva Ziroát Maxmúdovna (1964 yil 4 dekabr kuni tuğilgan, Qöqon şahri, Farğona viloyati, Özbekiston SSR) – jamoat arbobi, muhandis-iqtisodçi, Özbekiston Respublikasi Prezidenti Şavkat Miromonoviç Mirziyoyevning rafiqasi.

Ziroat Mirziyoyeva 1964 yil 4 dekabr kuni Farğona viloyati Qöqon şahrida tuğilgan. 1986 yilda Toşkent irrigatsiya va melioratsiya institutini (hozirda “Toşkent irrigatsiya va qişloq xöjaligini mexanizatsiyalaş muhandislari instituti” Milliy tadqiqot universiteti) muhandis-iqtisodçi ixtisosligi böyiça tamomlagan. Özbek, rus va ingliz tillarini biladi. Ikki nafar qizi va bir nafar öğli bor. Mumtoz va milliy musiqani xuş köradi, tarix bilan qiziqadi.

2020 yildan buyon Özbekistonda oçiq va inklyuziv muhitni yaratiş orqali aholining yordamga muhtoj qatlamlarini ijtimoiy himoya qiliş, soğliqni saqlaş va ta’limni rivojlantiriş masalalari böyiça qator xayriya loyihalarini amalga oşirayotgan “Zamin” xalqaro jamoat fondi Vasiylik kengaşi raisidir.

Fond faoliyatining ustuvor yönalişi atrof-muhitni muhofaza qilişdan iborat. Kökalamzorlaştiriş, havo sifati monitoringini avtomatlaştiriş, tabiiy resurslardan oqilona foydalaniş, yoşlar orasida ekologik ta’limni rivojlantiriş, olis hududlarda toza içimlik suvi bilan ta’minlaş kabi masalalar böyiça loyihalar amalga oşirilmoqda.  

Ijtimoiy va ekologik sohalardagi dolzarb masalalarga köproq e’tibor qaratiş maqsadida ham milliy, ham xalqaro darajada qator tadbirlarni ötkazmoqda.