Xalqaro hamkorlar Ukrainaga uzoq muddatli yordam uçun 115 milliard dollar ajratadi, deb xabar berdi Ukraina boş vaziri Denis Şmigal Vaşingtonda Jahon banki va Xalqaro valuta jamğarmasi tomonidan taşkil etilgan Ukrainani qöllab-quvvatlaş böyiça uçinçi vazirlar davra suhbatiga bağişlangan Telegram-postida.

Şmigal tadbirda ma’ruza qilib, Ukrainaga mamlakatni tiklaş uçun şoşilinç ehtiyojlarga 14 milliard dollar kerakligini aytdi.

Jahon banki prezidenti Devid Melpas ayni şu tadbirda Jahon banki hozirgaça Ukraina uçun favqulodda moliyalaştirişga qariyb 23 milliard dollar ajratganini, şundan qariyb 20 milliard dollar özlaştirilganini aytdi. 

Xalqaro moliya korporatsiyasi (JBning xususiy investitsiyalarni jalb qiluvçi bölinmasi) orqali Ukraina xususiy sektoriga allaqaçon 150 million dollar ajratilgan, xalqaro donorlar yordamida XMK bu miqdorni 2 milliard dollargaça oşirişi kutilmoqda. 

Jahon banki (JB) Rossiya harbiy harakatlaridan vayron bölgan Ukrainani qayta tiklaşga hissa qöşişga tayyor, biroq xalqaro moliya institutlarining özi kerakli miqdorni yiğa olmaydi, Ğarbiy Yevropa davlatlarining yordami zarur, dedi Jahon banki prezidenti Devid Melpas 11 aprel kuni Vaşingtonda. 

Melpas Xalqaro valuta jamğarmasi (XVJ) va Jahon bankining bahorgi sessiyasida sözga çiqib, Jahon banki Ikkinçi jahon uruşidan keyin Yevropada pölat sanoatini tiklaşda muhim rol öynaganini va Ukrainada ham xuddi şunday rol öynaşi mumkinligini ta’kidladi. ammo prognoz qilingan paketning kölami, dedi u, haqiqatan ham ulkan - sönggi hisob-kitoblarga köra, 411 milliard dollar, ya’ni 2022 yildagi Ukraina yalpi içki mahsulotining taxminiy hajmidan 2,6 baravar yuqori. 

Melpasning sözlariga köra, Yevropa Ittifoqi Ukrainani tiklaşga yordam beriş uçun katta mablağ ajratişga qodir. «Jahon banki öz vazifasini bajarişga tayyor, biroq men jahon hamjamiyatini xabardor qilişim kerakki, Ukrainada elektr energiyasi, avtomobil va temiryöllarni tiklaş xarajatlari xalqaro moliya institutlari balansidan ança yuqori», — dedi Jahon banki prezidenti.