Senatning 2-oktabrdagi xabariga köra, majlisda «Özbekiston Respublikasining Konstitutsiyaviy sudi töğrisida»gi Konstitutsiyaviy qonun atrofliça muhokama qilingan.
Qonun yangilangan Konstitutsiya normalarini amaliyotga tatbiq etiş va fuqarolarning konstitutsiyaviy odil sudlovdan foydalaniş imkoniyatlarini kengaytirişga qaratilgan.
Muhokamada amaldagi qonunçilikda raqamli texnologiyalardan foydalaniş va murojaatlarni dastlabki körib çiqiş böyiça huquqiy böşliqlar mavjudligi qayd etilgan.
Sud majlislarini onlayn kuzatiş mumkin böladi
Qonun bilan Konstitutsiyaviy sud faoliyatiga axborot tizimini joriy etiş nazarda tutilmoqda. U orqali murojaatlarni elektron şaklda yuboriş va jarayonni onlayn kuzatiş imkoniyati yaratiladi.
Şuningdek, video-konferens-aloqa va mobil ilova orqali sudda iştirok etiş, oçiq sud majlislarini esa internetda jonli efirga uzatiş közda tutilgan.
Murojaatlar dastlab 15 kunda örganiladi
Kelib tuşgan murojaatlarni 15 kunlik muddatda dastlabki tarzda örganiş tartibi belgilanmoqda. Bu muddat iş böyiça yakuniy qaror çiqarişga emas, murojaatni dastlabki körib çiqişga tegişli.
Konstitutsiyaviy sudga taalluqli bölmagan murojaatlarni vakolatli organlarga yuboriş yoki qabul qilişni rad etiş haqida ajrim çiqariş tartibi ham yölga qöyilmoqda.
Mazkur özgarişlar fuqarolar va yuridik şaxslarning ovoragarçiligini kamaytiriş hamda murojaatlarni körib çiqiş muddatlarini aniq belgilaşga qaratilgan.
Konstitutsiyaga zid hujjat uç oyda muvofiqlaştirilişi şart
Qonunda Konstitutsiyaviy sud qarorlarini ijro etiş mexanizmi ham kuçaytirilmoqda.
Konstitutsiyaga zid deb topilgan normativ-huquqiy hujjatni qabul qilgan organ uni uç oy içida Konstitutsiyaga muvofiqlaştirişi şartligi belgilanmoqda.
Bunday hujjatlar asosida çiqarilgan sud qarorlarini qayta körib çiqiş tartibiga ham aniqlik kiritilmoqda.
Sudyalikka nomzodlar zaxirasi şakllantiriladi

















