Tanlovning dastlabki - mahalla bosqiçida viloyatdagi 2017 ta mahalla qamrab olinib, unda 10 ming nafardan ortiq işbilarmon va taşabbuskor xotin-qiz iştirok etdi. Bu jarayonda öz biznesini yölga qöygan, yangi loyihalarni amalga oşirayotgan, mahalladoşlariga iş örinlari yaratib berayotgan köplab iqtidorli ayollar aniqlandi. Hududiy bosqiçda esa tadbirkor, hunarmand va fermer ayollar öz faoliyati, erişgan natijalari hamda istiqbolli loyihalarini namoyiş etib, özaro tajriba almaşdi.

Tanlovning ahamiyati şundaki, u ayollarning tadbirkorlik salohiyatini namoyon etiş, ularning mehnati va taşabbuslarini munosib eʼtirof etiş bilan birga, yangi ğoyalarni amaliyotga tatbiq etiş uçun ham keng imkoniyat yaratmoqda. Ayniqsa, xotin-qizlarning bandligini taʼminlaş, oilaviy daromadini oşiriş, kasanaçilik va hunarmandçilikni rivojlantiriş, mahallalarda yangi iş örinlari yaratiş kabi masalalarda bunday loyihalar muhim ahamiyat kasb etadi.

Tanlov iştirokçilaridan Raʼno Bötaboyeva öz faoliyati davomida 70 nafardan ortiq xotin-qizni iş bilan taʼminlagani, yana 30 nafardan ziyod ayolga kasanaçilik orqali uyida daromad topiş imkoniyatini yaratganini taʼkidladi. Şuningdek, u nogironligi bölgan farzandlarni tarbiyalayotgan onalarni qöllab-quvvatlaşga ham alohida eʼtibor qaratmoqda. Uning fikriça, davlatimiz tomonidan xotin-qizlar tadbirkorligini rivojlantiriş uçun yaratilayotgan şaroit va imkoniyatlar köplab ayollarga öz salohiyatini röyobga çiqariş, nafaqat öz oilasi, balki jamiyat farovonligiga ham hissa qöşiş imkonini bermoqda.

Tadbir yakunida tanlovning faol iştirokçilari partiyaning taşakkurnomalari va qimmatbaho sovğalari bilan taqdirlandi. Eng muhimi, «Işbilarmon ayol – 2026» tanlovi orqali ayollarning mehnati qadrlanmoqda, ularning yangi taşabbuslari rağbatlantirilmoqda va ilğor tajribalari keng ommalaştirilmoqda. Bu esa hududlarda ayollar tadbirkorligini yanada rivojlantiriş, xotin-qizlar bandligini taʼminlaş hamda mahalla iqtisodiy salohiyatini oşirişga xizmat qiladi.
ÖzLiDeP matbuot xizmati











