Aksiyaning ahamiyatli jihati - zamonaviy tibbiy xizmatlarni aholi izlab bormay, tibbiy köriklarning özi odamlarga yaqinlaştirilganida. Maxsus tibbiy transport vositalari orqali Binokor, Jambul va Saxovat mahallalari aholisi uçun UZI, rentgen va oftalmologiya yönalişlarida bepul köriklar taşkil etildi.

Körikda 300 dan ortiq fuqaro iştirok etdi. Tekşiruvlar natijasida 8 nafar fuqaroga statsionar, 17 nafar iştirokçiga ambulator davolaniş böyiça tavsiyalar berildi. Bu esa aksiya şunçaki tibbiy körik emas, kasalliklarni erta aniqlaş va insonlarni öz vaqtida davolanişga yönaltirişga xizmat qilayotganini körsatadi.

Eng muhimi, bunday taşabbuslar şahar markazi bilan çeklanib qolmayapti. Köçma tibbiy avtobuslar orqali tibbiy xizmatlar çekka mahallalargaça kirib bormoqda. ÖzliDePning «Xalq bilan birga» dasturi doirasidagi ana şunday amaliy işlar aholi salomatligiga eʼtiborni yanada kuçaytirişga xizmat qiladi.

ÖzLiDeP matbuot xizmati