Joriy yilning birinçi çoragi yakunlariga köra, Özbekiston yalpi içki mahsulotining ösişi 5,5 foizni taşkil qildi. Bu haqda Statistika agentligi xabar bermoqda.
Hisobot davrida bozor xizmatlari hajmining ösişi – 10,9 foizni, qişloq, örmon va baliqçilik xöjaligining ösişi – 3,2 foizni, sanoatning ösişi – 4,1 foizni, quriliş sohasining ösişi – 4,5 foizni, çakana savdo tovar aylanmasining ösişi esa 5,2 foizni taşkil qilgan.
2023 yilning yanvar-mart oylari davomida taşqi savdo aylanmasi 11,9 foizga, xususan import hajmi 23,4 foizga oşgan, şu bilan bir qatorda eksport hajmi 2,6 foizga qisqargan.
Ma’lumot uçun, Jahon banki (JB) prognozlariga köra, Özbekistonda yalpi içki mahsulot ösişi 2023 yilda 5,1 foizni, Osiyo taraqqiyot bankining prognozlariga köra esa 5 foizni taşkil etişi kutilmoqda.
Avvalroq, Özbekiston Markaziy banki 2023 yilda mamlakat iqtisodiyoti ösişi 4,5−5 foiz darajasida bölişini ma’lum qilgandi.











