Ukrainalik harbiylar Xerson oblastida Dnipro daryosining söl sohiliga desant tuşirgan. Bu haqda Amerikaning Uruşlarni örganiş instituti (ISW) yangi hisobotida, rossiyalik harbiy muxbirlarning kadrlari geolokatsiyasiga tayangan holda xabar tarqatdi.

ISW hisobotida aytilişiça, 22 aprel holatiga köra, ukrainalik harbiylar Aleşki şahridan şimoldagi pozitsiyalarni egallaşga va Ye97 trassasi böylab uning şimoliy çekkalarida ilgarilaşga, şuningdek Daçi posyolkasidan ğarbdagi hududlarga yaqinlaşişga muvaffaq bölgan. Aleşki Xersondan yetti kilometr, Daçi — ön kilometr masofada joylaşgan.

ISW tahlilçilari qayd etişiça, Dniproning söl sohiliga ötgan ukrain guruhidagi harbiylar soni va uning vazifasi aniq emas. Rossiyalik harbiy muxbirlarga köra, gap tölaqonli platsdarm taşkil etiş haqidamas, balki, katta ehtimol bilan ukrain harbiylarining «epizodik mavjudligi» haqida bormoqda. 

Insitut tahlilçilari taxmin qilişiça, Ukraina qurolli kuçlari daryoning çap sohiliga ötgani fakti Rossiya kuçlari Konka va Çayka daryolaridagi orollarni nazorat qila olmayotganini körsatadi.

Ukraina janubidagi mudofaa kuçlari matbuot kotibi Natalya Gumenyuk esa ISW ma’lumotiga izoh berarkan, «sabrli böliş»ga çaqirgan. «Men juda istardimki, masalan, Dnipro kabi tösiqni yengib ötiş kerak bölganida, juda murakkab iş olib borilayotganini barça tuşunsin. Front çiziği şunday keng, kuçli daryo orqali ötgan holatda. Şuning uçun harbiy amaliyot şartlari, bu bizning harbiylarimiz uçun yetarliça xavfsiz bölguniga qadar, axboriy sukutni talab qiladi», — deya Gumenyukning sözlarini keltirgan «Gromadske».

Xerson oblastining annexia qilingan qismining Kreml tomonidan tayinlangan «rahbari» Vladimir Saldo RIA Novosti agentligiga ayni vaqtda Dnipro daryosining çap sohiliga ukrain harbiylari tuşirilgani haqidagi ma’lumotlar haqiqatga töğri kelmasligini aytgan. Uning sözlariga köra, rossiyalik harbiy xizmatçilar regionning çap sohildagi qismini töliq nazorat qilmoqda.

RF mudofaa vazirligi bu ma’lumotga munosabat bildirmadi.