NATO boş kotibi Yyens Stoltenberg Ukrainaning Şimoliy Atlantika alyansidagi ittifoqçilari va hamkorlari Kiyevga va’da qilingan texnikalarning deyarli barçasini - 1550 ta zirhli transportyor va 230 tank, şuningdek «ulkan miqdordagi öq-dorilar»ni yetkazib berganini ma’lum qildi.

«Ukrainaga va’da qilingan jangovar maşinalarning 98 foizidan ortiği allaqaçon [Ukraina qömondonligi ixtiyoriga] yetkazib berilgan», dedi Stoltenberg payşanba kuni Bryusselda Lyuksemburg boş vaziri Ksave Bettel bilan uçraşuvdan keyingi qöşma brifing çoğida.

Boş kotibning sözlariga köra, yuborilgan texnikalar va Ukraina qurolli kuçlari ehtiyojlari uçun yetkazib berilgan snaryadlardan kelib çiqib, endilikda Ukraina armiyasi Rossiya qöşinlari tomonidan bosib olingan hududlarini ozod etiş uçun zarur texnik imkoniyatlarga ega.

Uning aytişiça, hozirda har birida bir neça ming harbiy xizmatçidan iborat töqqiz zirhli brigada jihozlangan va öqitilmoqda. 

Stoltenberg sifat borasidagi kamçiliklarini son bilan qoplaşga urinayotgan Rossiya armiyasining imkoniyatlarini kamsitmaslik kerakligini qayd etgan. «Rossiya tobora köproq fuqarolarni safarbar qilişda davom etmoqda va Baxmut uçun janglarda rossiyaliklar katta yöqotişlarga doş berişga tayyor ekanliklarini körsatişdi», deya tuşuntirdi u. 

U bir kun oldin Ukraina prezidenti Volodimir Zelenskiy va Xitoy rahbari Si Jinping örtasida bölib ötgan telefon muloqotiga ham töxtalgan. Uning sözlariga köra, NATOdagilar ikki siyosatçining bir yildan oşiq vaqt içidagi - keng kölamli uruş boşidan buyon ilk bor amalga oşirilgan muloqotini olqişlaydi, ammo Xitoy hamon Rossiya bosqinini qoralab çiqmaganiga e’tibor qaratilgan.