Kelgusi bir neça yil içida Turkmaniston Xitoyga gaz yetkazib beriş hajmini oşirişni rejalaştirmoqda, dedi «Turkmengaz» davlat konserni raisi Botir Amanov Toşkentda ötkazilayotgan Xalqaro investitsiya forumida.

Uning eslatişiça, ayni paytda Turkmaniston-Özbekiston-Qozoğiston-Xitoy gaz quvuri har birining uzunligi 1830 km bölgan uçta parallel liniyani (A, B, C) öz içiga oladi. Yiliga 55 mlrd kub metr gaz qazib oliş quvvatiga ega tizim orqali xomaşyo içki bozor va Xitoyga yetkazib berilmoqda.

«Xitoyga gaz yetkazib berişni köpaytiriş uçun «Galqiniş» koni resurs bazasi bölişi kerak. Uning zaxiralari qöşni «Yoşlar» va «Garakyol» konlari bilan birgalikda 27,4 trln kub metrga baholanmoqda», dedi Amanov.

«Kelişuvlarga köra, Turkmanistondan Xitoygaça yotqiziladigan gaz quvurining törtinçi liniyasi Özbekiston, Tojikiston va Qirğiziston hududi orqali ötadi. U işga tuşgaç, Turkmaniston gazini Xitoyga yetkazib beriş hajmi yiliga 65 mlrd kub metrga yetadi», dedi u.

Uning sözlariga köra, keyingi bosqiçda Turkmaniston-Afğoniston-Pokiston-Hindiston (TAPH) gaz quvuri loyihasi 33 mlrd kub metr gaz yetkazib beriş manbai böladi. Magistralning uzunligi 1840 km dan ortiq, ötkaziş quvvati 33 mlrd kub metrni taşkil qilişi kerak.

«Turkmenneftgaz» agentligining xabar berişiça, Turkmaniston yaqin 3-4 yil içida Galqiniş konini özlaştirişning ikkinçi bosqiçini amalga oşiradi.

Turkmanistonning uglevodorod resurslari 71 mlrd tonnadan ortiq neft ekvivalentida baholanadi, şundan 20 mlrd tonnadan ortiği neft va 59 trln kub metrdan ortiği gaz. Bu raqamlarga asosan, Turkmaniston dunyoda zaxiralar böyiça Rossiya, Eron va Qatardan keyin 4-örinda turadi.