1 may, duşanba kuni Fransiyaga yuz minglab namoyişçilar prezident Emmanuel Makron taşabbusi bilan boşlangan pensiya islohotiga qarşi namoyişga çiqdi. Hukumat ma’lumotlariga köra, butun mamlakat böylab namoyişçilarning umumiy soni 782 mingga yetgan. Kasaba uyuşmalari 2,3 million namoyişçi haqida ma’lumot berdi. Bir qator şaharlarda namoyişlar politsiya bilan töqnaşuvlarga aylangan. Zöravonlik holatlari, xususan, Parij, Lion va Nantda qayd etilgan, deya xabar beradi dpa agentligi.

AFP axborot agentligi xabariga köra, Parijda namoyişçilar politsiyaçilarga narsalar uloqtirgan, bir qança bank va köçmas mulk oynalarini sindirgan, xavfsizlik kuçlari esa közdan yoş oqizuvçi gaz va suv purkagiçlar bilan javob bergan.

Rasmiylarga köra, Parijda bir politsiyaçining yonuvçi moslama otilgani oqibatida yuzi va qöllari qattiq kuygan. Poytaxtda kamida 46 kişi qölga olingan, deb xabar berdi AFP.

Lionda namoyişçilar kamida törtta maşinaga öt qöygan, bu yerda 40 kişi qölga olingan. Nantda ham namoyişçilar politsiyaga qarata narsalar uloqtirdi, huquq-tartibot xodimlari közdan yoş oqizuvçi gaz qölladi.

1 may oqşomida 291 nafar namoyişçi qölga olingan, 108 nafar politsiyaçi yaralangan, dedi Fransiya içki işlar vaziri Jyerald Darmanen.