«Toşşahartransxizmat» AJ xabariga köra, sönggi kunlarda jamoat transporti tizimida yöl qöyilayotgan kamçiliklar, ijtimoiy tarmoqlarda muhokamalarga sabab bölayotgan muammolarni bartaraf etiş yuzasidan yiğiliş ötkazilgan.
Unda mas’ul xodimlarga qat’iy çora körilib, mehnat şartnomasi bekor qilingan, şuningdek, xayfsan intizomiy çorasi qöllangan.
Jumladan, avtobusni ehtiyotsizlik bilan boşqargan haydovçi T.N., şuningdek, öz xizmat vazifasiga mas’uliyatsiz yondaşgan, avtobuslar harakatini xavfsiz taşkil etiş çoralarini köriş böyiça haydovçilar örtasida yetarli darajada yöriqnoma ötkazmagan, avtobuslardagi reklama bannerlarini joylaştirilişiga sovuqqonlik bilan yondaşgan, yönaliş avtobuslari va elektrobuslari işini töğri taşkil etmagan xodimlar jazolangan.
Masalan, «2-Avtobus saroyi» filiali direktori örinbosari va harakat xavfsizligini nazorat qiliş bölimi boşliği bilan tuzilgan mehnat şartnomasi bekor qilinib, filial direktoriga xayfsan intizomiy çorasi körilgan.
«1-Avtobus saroyi» filiali direktori örinbosari bilan tuzilgan mehnat şartnomasi bekor qilinib, filial direktoriga xayfsan intizomiy çorasi körildi.
«7-Avtobus saroyi» filiali direktori örinbosariga xayfsan intizomiy çorasi körilgan, reklama joylaştiriş böyiça mas’ul xodim bilan tuzilgan mehnat şartnomasi bekor qilingan.
1-, 2-, 5-, 7-, 8-, 12-, va 18-Avtobus saroyi filiali boş muhandislariga xayfsan intizomiy çorasi körilgan.
Şuningdek, barça avtobus saroyi rahbarlariga yölovçilarni xavfsiz taşiş va ularni öz manzilariga soğ-omon yetkazib qöyiş eng oliy maqsad ekani, yölovçilar bilan xuşmuomala böliş, xizmat körsatiş madaniyatini oşiriş yuzasidan yana bir bor tuşuntiriş işlari olib boriş böyiça topşiriq berilgan.












