Özbekiston taşqi işlar vaziri örinbosari Bahrom A’loyev "Royal Mining Group" kompaniyasi (Kuvayt) raisi Iad Al-Solihni qabul qildi.

Uçraşuvda Özbekiston va mazkur kompaniya örtasida hamkorlikni yölga qöyiş imkoniyatlari körib çiqildi. Mamlakat iqtisodiyotiga Kuvayt investitsiyalarini jalb etişga alohida e’tibor qaratildi.

Toğ-kon sanoati, tibbiyot, farmatsevtika, quriliş materiallari sohalarida qöşma loyihalarni amalga oşiriş masalasini işlab çiqiş böyiça dastlabki kelişuvlarga erişildi.