AQŞ mudofaa vazirligi Ukrainaga 1,2 milliard dollar miqdoridagi yangi harbiy yordam paketini yubormoqda. Bu haqda idora saytida rasman xabar berildi.
Yangi paket doirasida Ukraina qurolli kuçlari uçun quyidagilar yetkazib beriladi:
- Qöşimça havo hujumidan mudofaa qurollari va öq-dorilar;
- Ğarb havo hujumidan mudofaa tizimlarini integratsiya qiliş uçun asbob-uskunalar;
- Uçuvçisiz aviatsiya tizimlariga qarşi kuraşiş uçun öq-dorilar;
- 155-millimetrli artilleriya snaryadlari;
- Sun’iy yöldoş tasvirlari xizmatlari;
- Öqitiş va texnik xizmat körsatişni qöllab-quvvatlaş.
Pentagon bayonotida qayd etilişiça, bu yordam paketi «Ukraina xavfsizligiga kömaklaşiş taşabbusi» doirasida taqdim etiladi. Bu şuni anglatadiki, qurol va öq-dorilar AQŞ mudofaa vazirligi zaxiralaridan olinmaydi, balki işlab çiqaruvçilar yoki hamkorlardan xarid qilinadi.
2023 yil aprelida AQŞ ikki bor Ukrainaga harbiy yordam paketlari haqida e’lon qilgandi — 2,6 milliard va 325 million dollarlik. Bu paketlar, xususan, Patriot va NASAMS havo hujumidan mudofaa tizimlari uçun raketalar, havo hujumidan mudofaa tizimlari, HIMARS uçun qöşimça öq-dorilar, artilleriya snaryadlari, AT-4 tankka qarşi tizimlari, tankka qarşi minalarni öz içiga olgandi.













