Paradni şarhlagan boşlovçi 8 ming jangçi qatnaşayotganini aytdi. Garçi mart oyida, mudofaa vazirligi kollegiyasida Sergey Şoygu ularning soni kamida 10 ming kişi bölişini va’da qilgan edi. 2022 yilgi paradda 11 ming kişi qatnaşgan.

Odatda paradda Rossiya yangi texnikalarni, şuningdek, 2010-yillardagi Rossiya harbiy-sanoat kompleksining an’anaviy işlanmalari töplamini –«Armata» oilasiga kiruvçi T-14 tanki va T-15 piyoda jangovar maşinasini, «Koalitsiya» öziyurar texnikasini, «Kurganets» jangovar maşinasini, 8 ğildirakli «Bumerang» zirhli maşinasini namoyiş etardi. 2015 yildan beri ular eski va yangi texnikalar bilan birga barça paradlarning asosini taşkil etgan.

Bu yil, paraddan oldin Rossiya matbuoti yangi T-72B3M tanki, yangi «Axmat» va VPK-Ural zirhli avtomobili, şuningdek, allaqaçon taniş bölgan T-90M, T-72B3 tanklari, «Yars» yadroviy raketalari, tezkor-taktik «Iskander» va S-400 zenit raketalari namoyiş etilişi haqida yozdi.

Ammo zirhli transport vositalaridan faqat «Bumerang»lar namoyiş etildi. «Armata», «Kurganets» va «Koalitsiya»ning yöqligi esa hayratda qoldirdi. Natijada, paradning özida yanada kamroq texnikalar namoyiş etildi.

Maydon böylab faqat ğildirakli maşinalar harakatlandi va diktor negadir «Axmat» sözini aytmadi. Rasmiy ravişda şunday deb ataladigan zirhli transport vositasini «KamAZ avtomaşinasi asosidagi himoyalangan maşina» deb atadi. Vaholanki, Çeçeniston rahbari Ramzon Qodirovning sözlariga köra, uşbu zirhli maşina uning şaxsiy iltimosiga binoan işlab çiqarilgan.

Sergey Şoygu paradda 10 ming kişi bölişini ma’lum qilgandi, amalda esa sakkiz ming kişi çiqdi. Foto: AFP

Paradda aviatsiya namoyiş etilmadi. Avvalroq, şunday bölişi mumkinligini Putinning matbuot kotibi Dmitriy Peskov ham aytgan edi. Odatda samolyotlar va vertolyotlarning parvozi yomon ob-havo tufayli bekor qilinadi, ammo bu yil 9 may kuni Moskva osmoni musaffo edi.

Paradning yana bir öziga xos xususiyati – tribunalarda katta ehtimol bilan «Vagner» yollanma jangçilari ham bölgani edi. Boşlovçi ularni «hujum otryadlari jangçilari» deb atadi. Rossiya mudofaa vazirligi hisobotlarida vagnerçilar odatda şunday nomlanadi.

2023 yilda Ğalaba paradini taşkil qiliş borasida Rossiya hukumati qiyin ahvolga tuşib qolgan bölişi mumkin.

Birinçidan, ötgan yili «Armata», «Kurganets» va «Koalitsiya»lar iştirokidagi an’anaviy paraddan söng, ijtimoiy tarmoqlarning rossiyaparast akkauntlarida «nega bu zamonaviy texnikalar frontda emas?» degan savol bilan köplab şarhlar paydo bölgandi.

Suxandon «Axmat» zirhli maşinalari nomini aytmadi. Foto: Getty Images

Bir yil ötgaç, uşbu transport vositalari 1960-yillardagi eski sovet tanklari va zirhli maşinalari fonida yanada ziddiyatli körinişga ega bölar edi. Ijtimoiy tarmoqlardagi videolarga qaraganda, ular ham frontga olib ketilmoqda.

Ikkinçidan, parad oldidan «Vagner» rahbari Yevgeniy Prigojin va mudofaa vazirligi örtasidagi munosabatlar keskinlaşdi. Prigojin qömondonlikni keskin tanqid qilib, ularni sökdi. Katta ehtimol bilan, aynan şu sabab boşlovçi «Vagner» sözini tilga olmagan.

Va nihoyat, eng muhimi, paraddan 6 kun oldin, Vladimir Putin paradda turgan joydan yuz metr uzoqlikda, Senat saroyi tomida ikkita dron portladi. Ukraina rahbariyati bu hujumga aloqador emasligini rasman e’lon qilgan bölsa-da, Kreml bu hujum ortida Kiyev va Vaşington turganini aytdi.

Dronlar hujumi tahdidi tufayli paradning aviatsiya qismi bekor qilingan bölişi mumkin. Qizil maydon uzra önlab samolyotlar, şu jumladan strategik bombardimonçilar, «Ruslan» oğir transport samolyoti va boşqa köplab samolyotlar uçib ötişi kerak edi. Ularning yöliga bitta dron töğanoq bölişi safning buzilib ketişi uçun yetarli edi, bunday vaziyatda avariya xavfi juda yuqori böladi.