«Vagner» XHK asosçisi Yevgeniy Prigojin RF muntazam armiyasi bölinmalarini Baxmut hududidagi pozitsiyalarni jangsiz taşlab ketişda aybladi.
«Qanotlardagi vaziyat prognozdagi eng yomon ssenariylar böyiça rivojlanmoqda. Köplab oylar davomida bizning quroldoşlarimiz qoni va joni evaziga olingan, har kuni önlab yoki yuzlab metrdan yurilib olingan hududlar bugungi kunda qanotlarimizni uşlab turişi kerak bölganlar tomonidan jangsiz taşlab ketilmoqda», — degan u.
Şu bilan birga, uning tasdiqlaşiça, uning guruhining şturmçi otryadlari şaharning özida muvaffaqiyat bilan ilgarilamoqda. Prigojinning sözlariga köra, şaharning ğarbiy çekkasiga çiqiş uçun «atigi 625 metr»dan ötiş qolgan.
Yevgeniy Prigojin sönggi kunlarda RF mudofaa vazirligi rahbariyati manziliga keskin tanqidlar yoğdirmoqda. May oyi boşida u özi e’lon qilgan videosida RF mudofaa vazirligi rahbarlarini sökib, vagnerçilarga öq-dori yetkazib berişni talab qilgan, aks holda uning guruhi Baxmutdan ketişidan ogohlantirgandi.
9 may kuni Prigojin mudofaa vazirligining 72-brigadasi şahardagi strategik platsdarmni taşlab qoçgani haqida aytib çiqdi.
8 may kuni Baxmut atrofidagi Rossiya pozitsiyalariga qilingan hujumda qatnaşgan Ukraina batalonining «Rollo» laqabli komandiri esa CNN naşri bilan suhbatda Prigojinning bu sözlariga ters keluvçi ma’lumotni aytdi. Uning sözlariga köra, «Vagner» bölinmalari Baxmutdan janubi-ğarbdagi pozitsiyalarini tark etganidan keyin Rossiya armiyasining 72-brigadasi qolgan va qarşilik körsatişda davom etgan.
«Rollo»ning qöşimça qilişiça, rossiyaliklar faqat qurşovga tuşib qolganidan keyin taslim bölişgan: «Biz ularni taslim bölişga köndiriş uçun ikki soat urindik».













