Mudofaa vazirligining rasmiy versiyasiga köra, ular oldingi çiziqda öz bölinmalari bilan Ukraina qurolli kuçlarining davomli hujumlarini qaytariş çoğida halok bölişgan.
«4-motoöqçilar brigadasi komandiri, oldingi çiziqda bölgan polkovnik Vyaçeslav Makarov şaxsan jangga boşçilik qilgan. Raqibning ikki hujumi qaytarilgan. Brigada harbiy xizmatçilari Ukraina qurolli kuçlarining uçta tanki, törtta BMP va ikkita zirhli avtomobilini yöq qilişgan. Uçinçi hujumni qaytariş vaqtida brigada komandiri oğir yaralangan va jang maydonidan evakuatsiya qiliş çoğida halok bölgan», – deyiladi RF mudofaa vazirligi saytidagi xabarda.
Halok bölgan ikkinçi polkovnik Yevgeniy Brovko armiya korpusi komandirining harbiy-siyosiy masalalar böyiça örinbosari bölgani va «boşqa uçastkada raqib hujumini qaytariş» böyiça janglarga rahbarlik qilgani, «snaryad parçalaridan köp sonli jarohatlar olib qahramonlarça halok bölgani» aytilgan.
Qisqaça berilgan rasmiy ma’lumotda zobitlar ölim topgan joy haqida ham ma’lumot bor – Baxmut şahar obşçinasi yerlariga kiruvçi va 2016 yilga qadar Krasnoye deb atalgan Ivanovskoye qişloği. Rossiya mudofaa vazirligi bayonotlarida Ukraina hukumati nomlarini yangilagan aholi yaşaş manzillarining sovetça nomlari işlatiladi. Masalan, Moskva Baxmutni Artemovsk deb ataydi.
Ivanovskoye Baxmutda jang olib borayotgan «Vagner» XHK otryadlarining çap qanotida joylaşgan. Sönggi kunlarda Ukraina qurolli kuçlari mazkur hududda faollikni oşirgandi.
Makarov komandiri bölgan 4-motoöqçilar brigadasi 2014 yilda özini özi e’lon qilgan «LXR»da taşkil topgan qurolli tuzilmalardan biri edi. Bu tuzilma «LXR» 2-korpusi tarkibida bölgan va 2022 yil 31 dekabrida boşqa tuzilmalar qatorida rasman Rossiya qurolli kuçlariga qöşib yuborilgandi.
Şu tufayli Rossiya tomoni endi uni Rossiya armiyasining bir qismi deb atamoqda, ammo boşqa tomondan bunday harbiy tuzilmalar hamon qurollantirilişi va tarkibi böyiça Rossiya armiyasidan farq qiladi.
Çekiniş
RF mudofaa vazirligiga köra, Ukraina qurolli kuçlarining Ivanovskoye (Krasnoye) qişloği hududidagi barça hujumlari qaytarilgan va Ukraina kuçlari yöqotişlarga uçragan.
Şu bilan bir vaqtda, «Vagner» XHK rahbari Yevgeniy Prigojinga aloqador telegram-kanallarning yozişiça, «muvaffaqiyatli mudofaa» aslida haqiqiy qoçiş bölgan.

Prigojin ötgan haftaning payşanba kuni ukrainlarning «qarşi hujumi avjiga çiqqani» va Ukraina qurolli kuçlari bölinmalari Baxmut atrofidagi «qanotlarga ötişgani», bu qanotlarni yopişi kerak bölgan Rossiya armiyasi qismlari esa oldinroq vagnerçilar tomonidan maşaqqat bilan egallangan hududlarni «amalda jangsiz» taşlab ketayotganini aytgandi.
Ikki polkovnik halok bölgan Ivanovskoye qişloği atrofidagi hudud çindan ham sönggi haftalardagi şiddatli janglar maydoniga aylangan va bu yerda Rossiya kuçlari ortga çekintirilgan.
Masalan, «Orkestr Vagnera» telegram-kanali tarqatgan ma’lumotga köra, 4-alohida motoöqçilar brigadasi payşanba kuniyoq Ivanovskoye qişloğidan janubi-ğarbda «3,5 kilometr kvadrat maydondagi uçastkani taşlab ketgan».
Kanal bu çekiniş tafsilotlarini keltirmagan.
Holdan toygan qöşin
Boşqa manba – «DXR» harbiy xizmatçisi, Murz laqabli muallif tomonidan yuritiladigan «Nam pişut iz Yaniny» telegram-kanali jang manzarasini boşqaça tasvirlagan. Donbassdagi «respublika»larning faol tarafdori bölgan muallif öz-özidan 4-brigadaning yonini olgan.
Uning sözlariga köra, bu qism bosqin boşidan buyon ta’tilga çiqmasdan oldingi çiziqda jang qilib kelmoqda va «saflarini faqat safarbar qilinganlar hisobiga töldira olgan» (katta ehtimol bilan gap Ukrainaning Luhansk oblasti aholisi haqida bormoqda, bu yerda odamlar kuç bilan «LXR» otryadlariga jalb etiladi]. Sönggi vaqtlarda bu brigada Kreminna atrofida jang qilgan, ammo aprel oyi oxirlarida Baxmutga taşlangandi.
Muallifning yozişiça, brigada «Vagner» XHKning kerakli darajada tayyorlanmagan pozitsiyalariga keltirilgan, bu yerda «okoplarning eng çuquri tizzaböyi bölgan» – çunki ularga çuqurroq joylaşişning zarurati bölmagan – tinimsiz snaryad talab qilib, sarflab kelayotgan vagnerçilarda ukrain artilleriyasini bostiriş uçun vositalar va harbiy razvedkaçi dronlar mavjud edi, bu esa raqibning artilleriya zarbalari xavfini kamaytirgan.
Ammo bu yerga oldingi janglarda holdan toygan luhansklik piyodalar kelişi bilan Ukraina armiyasi radioelektron kuraş vositalarini faol qöllay boşlagan va pozitsiyalarni kuçli darajada öqqa tutgan.
«Çeksiz miqdordagi öq-dorilarga ega bölgan duşman stvolli artilleriyasi bunday şaroitda nafaqat qandaydir tayanç nuqtasini vayron qiliş, balki alohida jangçilarni ov qiliş imkoniyatiga ega böladi. Va ular şunday qildi ham. Buning natijasida sönggi 48 soatdagi janglarda – 4-brigadada brigada komandiri va brigada ştabi boşliği halok bölgan, brigada boşqarmasidan halok bölgan va yaralangan boşqa ofitserlar ham bor», deya yozgan bloger.
U armiya korpusi qömondonining harbiy-siyosiy işlar böyiça örinbosari bölgan polkovnik ölimi haqida yozmagan, ammo brigada ştabi boşliği deganda polkovnik Yevgeniy Brovkoni nazarda tutgan bölişi ham mumkin.
Bir jangda ikki polkovnik halokati
Yirik harbiy tuzilma komandiri jangda halok bölişi – uruşda tez-tez sodir böladigan voqea emas. Masalan, BBC «Mediazona» va köngillilar jamoasi bilan hamkorlikdagi loyihada aniqlaşiça, 2022 yil fevralidan buyon Ukrainada jami tört general va 57 polkovnik halok bölgan.
Lekin ularning barçasi ham töğridan töğri jang maydonida halok bölmagan. Yuqori lavozimli ofitserlar odatda ukrain artilleriyasi yoki aviatsiyasi zarbasi qurboniga aylanadi.
Ularning köp qismi 2022 yilda, Ukraina qurolli kuçlarining Xarkiv oblastidagi yurişi boşlanişidan ham oldinroq halok bölişgan. 2 sentabrgaça yuritilgan hisobotda aytilişiça, tekşiruvlar orqali uruşda qurbon bölgan tört general va 35 nafar polkovnikning şaxsi tasdiqlangan. 2023 yil boşiga kelib frontda halok bölgan polkovniklar soni 52 nafarga yetgan.
Şu tariqa, 2023 yilning dastlabki beş oyida Ukraina uruşida faqat beş nafar polkovnik ölimi röy bergan. Endi esa ularning soni birgina jangning özida ikkitaga oşmoqda.
2022 yil iyulida Britaniya razvedkasi Rossiya armiyasining uruşda halok bölgan yuqori va katta lavozimdagi ofitserlari soni nisbatan köpligini şarhlar ekan, komandirlar orasidagi katta yöqotişlar «ular eng quyi darajadagi taktik harakatlarni ham boşqarişga majburligi bilan boğliqligi», ğarb davlatlari armiyalarida bunday vazifalar serjantlar zimmasidaligi, Rossiya armiyasida esa yuqori malakali va vakolatli serjantlar yöqligini bildirgandi.
Çindan ham, zamonaviy uruşda brigada komandiri oldingi çiziqda turib qöşinlarga rahbarlik qilişi kerak emas. Uning joyi – qömondonlik punktida, u şu yerdan turib aloqa vositalaridan foydalangan holda qömondonlik zanjiri böylab mudofaa yoki hujum harakatlarini boşqaradi. Agar u jangda halok bölmagan bölsa ham, oldingi çiziqda bölgani faktining özi brigadada bölinmalarni boşqariş bilan boğliq muammolar mavjudligini körsatadi.
Bu şuni anglatişi mumkinki, quyi darajadagi ofitserlar öz bölinmalarini boşqariş layoqatiga ega bölmagan, aloqa buzilgan yoki duşman töğridan töğri qömondonlik punktiga bostirib kirgan yoki qöşin şunçalik içkari çekinganki, qömondonlik punkti xavf ostida qolgan.
Bu vaqtda ijtimoiy tarmoqlarda Birinçi kanalning polkovnik Vyaçeslav Makarov haqida tayyorlagan reportajidan parça tarqaldi. Reportajga köra, u avval ham, uning tuzilmasi Kreminna atrofida turganida ham, muntazam ravişda oldingi çiziqlarni tekşirib yurişiga töğri kelgan.
«Mana şu yaqinda egallangan pozitsiyalarni şaxsan aylanib çiqadi, pulemyotlar va AGS (stanokka örnatilgan avtomatik granatomyot)larni qayerga joylaştiriş töğri bölişini aytadi. Odatda bunday unvondagi ofitserlar ştabda ötirib, xaritada vazifalarni belgilab beradi, ammo «Barnaul» (Makarovning laqabi) özining jangçilari hayoti bilan tavakkal qilayotgan bölsa, özi ham şunday qilişi kerak deb hisoblaydi», – deydi reportajda korrespondent. U brigada komandiri oldingi çiziqqa borib, şturmçi guruhga hujumdan oldin topşiriqlar berayotgan epizodni tasvirlagan.

Polkovnikning bunday boşqaruv uslubi juda tantiligidan paydo bölmagani aniq – agar u oddiy askarlar oldiga borib vazifalarni belgilab berayotgan bölsa, bu işni uning örniga qila oladigan serjantlar, leytenantlar va boşqa quyi darajadagi ofitserlar bölmagan. Agar bir jangning özida bitta tuzilmaning özida birdaniga ikki polkovnik halok bölayotgan ekan, bu şuni anglatişi mumkinki, bu brigadaning muammolari juda ulkan va bu barça bölinmalarga bölmasa ham, asosiy qismiga taalluqli.
Ukrainlar hujumining bir qismimi?
Ukraina QK quruqlik qöşinlari qömondoni Oleksandr Sirskiy duşanba kuni Baxmut mudofaasi davom etayotgani, sönggi kunlardagi voqealar esa Ukraina qurolli kuçlari bu hududda yuriş amaliyotlari olib borişi mumkinligini körsatganini aytdi.
«Qöşinlarimizning Baxmut yönalişida oldinga siljişi – Baxmutni mudofaa qiliş böyiça operatsiya davomidagi birinçi muvaffaqiyat hujum amaliyotidir. Sönggi kunlar şuni körsatdiki, biz şunday öta oğir şaroitlarda ham oldinga siljişimiz va duşmanni yöq qilişimiz mumkin», – deyilgan Sirskiyning Ukraina mudofaa vazirligi mediamarkazi telegram-kanalida e’lon qilingan bayonotida.
Baxmutni egallaş uçun harakat qilayotgan «Vagner» XHK asosçisi Yevgeniy Prigojin ukrain kuçlari frontning Baxmutdagi uçastkasida qanotlardagi hududlarning bir qismini qaytarib olişga muvaffaq bölgani hamda Rossiyada ham, Ukraina va dunyoning boşqa mamlakatlarida ham kutilayotgan ukrainlarning qarşi hujumi allaqaçon boşlanib ketganini aytdi.
Ammo köplab şarhlovçilar Baxmut atrofida boşlangan harbiy harakatlarni katta amaliyotning boşlanişi sifatida baholaşga şoşilmayapti. Versiyalardan biriga köra, Ukraina qurolli kuçlarining qanotlardagi faolligi Baxmut ğarbida mudofaani davom etayotgan ukrain garnizonining holatini yaxşilaşga qaratilgan – oxirgi hujumlardan keyin rossiyaliklar Baxmut ta’minoti amalga oşiriladigan asosiy yöl atrofidagi pozitsiyalardan ketişgan.
Boşqa tomondan, bunday janglarni yaqinlaşib kelayotgan yurişning darakçisi deb hisoblaş ham mumkin – katta amaliyot boşlanişidan oldin oldinga siljigan kuçlar razvedka janglari orqali raqib mudofaasidagi zaif nuqtalarni paypaslab körayotgan, zarba beriş uçun joy tanlayotgan yoki mudofaalanayotgan tomonni asosiy hujum boşlanadigan yönalişdan çalğitayotgan bölişi mumkin.













