Yevropa Çempionlar Ligasida dastlabki finalçi aniqlandi.
«Inter» «Milan»dan javob bahsida ham töp ötkazmasdan ustun keldi. Lautaro Martinesning yagona goli «neradzurri»ga ğalaba keltirdi.
Şu tariqa «Inter» 13 yillik tanaffusdan söng nufuzli yevrokubok finalida öynaydigan böldi. «Kök-qoralar» oxirgi bor 2010 yili «Bavariya» (2:0) bilan hal qiluvçi bahsda töqnaş kelib, qit’ada tengsiz klubga aylangandi.
Indzagi jamoasining finaldagi raqibi 17 may kungi «Mançester Siti» — «Real» öyinida aniqlanadi. Madridda 1:1 hisobi qayd etilgan.
YeÇL. Yarimfinal. Javob öyini
Inter — Milan 1:0
16 may, «Juzeppe Meatssa»
Gol: Martines (74).
Inter – Onana, Dumfris, Darmian, Açerbi, Bastoni, Dimarko (Gozens, 66), Mxitaryan (Brozoviç, 44), Çalxonöğli, Barella (Galyardini, 84), Jyeko (Lukaku, 66), Martines (Korrea, 84).
Milan – Menyan, Kalabriya, Tomori, Tiav (Kalulu, 64), Ernandes, Kruniç, Dias (Origi, 76), Tonali, Leau, Messias (Salemakers, 76), Jiru.
Ogohlantirişlar: Tiav (56), Barella (79), Tonali (79), Kruniç (81), Tomori (82), Martines (82).
Birinçi öyin — 2:0.












