Yaponiyaning Kyodo agentligi 16 may, seşanba kuni Xitoy poytaxtidagi “köplab diplomatik manbalarga” tayanib yozişiça, Xitoy Taşqi işlar vazirligi Pekinda joylaşgan xalqaro taşkilotlar va xorijiy elçixonalardan öz binolarining fasadlaridan “siyosiy taşviqot” uçun foydalanmaslikni söragan. Xitoy Taşqi işlar vazirligi, aftidan, özini Rossiya bosqinidan himoya qilayotgan Ukraina bilan birdamlik belgisi, birinçi navbatda, bayroqlar, yozuvlar va boşqa belgilarni nazarda tutgan.
Bundan taşqari, 10 maydagi xabarnomada Xitoy rasmiylari elçixonalar va taşkilotlarni “davlatlar örtasidagi ziddiyatlarning oldini oliş” çoralarini körişga çaqirgan. Hujjatda, şuningdek, elçixonalar va xalqaro taşkilotlar “Xitoy qonunlari va qoidalariga rioya qilişga majbur” ekani, Xitoy esa Diplomatik munosabatlar töğrisidagi Vena konvensiyasiga muvofiq ularning diplomatik immunitetini hurmat qilişi ta’kidlangan.
Xitoy rasmiylarining murojaati Yevropa va boşqa mintaqalar diplomatlarining salbiy munosabatiga sabab böldi, ularning heç biri belgilarni olib taşlamadi, deb yozadi Kyodo. Yevropalik diplomatlardan biri Pekin pozitsiyasini tanqid qilib, muayyan davlatning öz pozitsiyasini bildirişiga xalaqit beradigan asoslar yöqligini aytdi.
Ta’kidlanganidek, Xitoy poytaxtidagi köplab diplomatik missiyalar öz binolariga Ukraina bayroği tasviri va xitoy va ingliz tillarida yozuvlar, xususan, #StandWithUkraine heştegini bu davlat bilan birdamlik belgisi sifatida örnatdi. Bu, birinçi navbatda, Kanada, Germaniya va Polşa elçixonalariga tegişli.












