Özbekiston elçixonasi ma’lumotiga köra, muzokaralar çoğida ikki davlat örtasidagi savdo va sarmoyaviy, yuqori texnologiyali, sanoat va ilmiy-texnikaviy şeriklikni faollaştiriş istiqbollari yuzasidan atrofliça fikr almaşildi.

Vazir Özbekiston Latviyaning Markaziy Osiyodagi asosiy hamkori ekanini ta’kidladi. Qişloq xöjaligi ikki tomonlama hamkorlikning muhim yönalişlaridan biridir.

Şu munosabat bilan Didzis Şmits qişloq xöjaligi, ekologiya, standartlaştiriş va sertifikatlaştiriş sohalarida Özbekiston-Latviya kelişuvlarini amalga oşiriş maqsadida yuqorida qayd etilgan yönalişlarga jalb qilingan latviyalik yetakçi mutaxassislar, korxona va taşkilotlarning imkoniyatlari safarbar etilişini ma’lum qildi.

Latviya tomoni Hukumatlararo komissiya, Qişloq xöjaligi sohasidagi işçi guruhi va Işbilarmonlar kengaşi kabi hamkorlikning muhim tizimlari ikki tomonlama institutsional mexanizmlaridan samarali foydalanişga qaratilganini qayd etdi.

Muzokaralar çoğida tomonlar ikki mamlakat qişloq xöjaligi idoralari örtasidagi rejalaştirilgan aloqalar jadvali, darajasi va kun tartibiga ham töxtalib ötdilar.