Amerikaning SpaceX xususiy kompaniyasi yana koinotga butunlay xususiy missiyasini jönatdi. Axiom tijorat dasturi doirasida Falcon 9 raketasi Crew Dragon boşqariladigan kosmik apparati bilan 21 may, yakşanba kuni keçqurun Xalqaro kosmik stansiyaga (XKS) uçirildi, deb xabar berdi SpaceX.
Kemaga NASA sobiq astronavti va XKSning birinçi ayol komandiri Peggi Uitson qömondonlik qiladi, uçuvçi – tadbirkor Jon Şofner, ekipaj a’zolari esa saudiyalik astronavtlar Rayyan Barnavi va Ali al-Karnidir. Astronavtlar XKSda sakkiz kun bölib, uning doimiy ekipaji bilan birga işlaydi.
Kosmik kema Florida ştatidagi Kanaveral burnidagi Kennedi kosmik markazidagi 39V start kompleksidan uçirildi. XKS bilan tutaşuv 22 may kuni Toşkent vaqti bilan soat 18:24 da rejalaştirilgan.
Bu - Amerikaning Axiom kompaniyasi dasturi böyiça XKSga ikkinçi tijoriy parvoz. Tijoriy astronavtlarning birinçi missiyasi - Axiom-1 - ötgan yilning aprel oyida bölib ötdi. 2023 yil oxirida uçinçi Axiom (Ax-3) missiyasini amalga oşiriş rejalaştirilgan, uning doirasida tört kişilik ekipaj XKSda ikki hafta vaqt ötkazadi.
Missiyaning har bir a’zosi uçun parvoz narxi 50 million dollarga baholanmoqda. SpaceX bilan kelişuvga köra, endilikda Axiom Space dasturi böyiça kosmik sayyohlar parvozlari yiliga ikki-uç marta amalga oşirilişi rejalaştirilgan.

















