Uning ma’lumotlariga köra, Rossiya tajovuzi natijasida 4040 nafar erkak, 2403 nafar ayol, 275 nafar öğil va 218 nafar qiz bola halok bölgan. Yana 30 nafar bolaning va 1929 nafar kattalarning jinsi hali aniqlanmagan.
Ukrainada uruş boşlanganidan beri yaralangan tinç aholining umumiy soni 15117 kişini taşkil etdi, ulardan 445 nafari öğil bolalar, 314 nafari qiz bolalar va 276 nafari jinsi hali aniqlanmagan boşqa bolalardir.
«BMT Inson huquqlari böyiça Oliy komissari boşqarmasining fikriça, tinç aholi ölimi yoki jarohatlanganlarning haqiqiy soni ança yuqori, çunki bunday hodisalar sodir bölgan joylardan olingan köplab xabarlar hali ham qöşimça tasdiqlaşni talab qiladi, janglar davom etayotgan ba’zi joylardan olingan ma’lumotlar esa keçikmoqda», deyiladi hujjatda.
Şu tariqa, BMT Rossiya tomonidan bosib olingan Mariupol, Lisiçansk, Popasna va Severodonetskda tinç aholi orasida qayd etilgan qurbonlar haqida hali aniq ma’lumot ololmagan.













