NATO davlatlari Ukraina bilan şartnoma loyihasini işlab çiqmoqda, unga köra Kiyev uzoq muddatli asosda Ğarb qurollari va harbiy texnologiyalarini oladi, dedi Polşa prezidenti Anjyey Duda duşanba, 22 may kuni Amerikaning The Wall Street Journal (WSJ) gazetasiga bergan intervyusida. «Rossiya bugun Ukraina xavfsizlik kafolatlarini olganini va bu kafolatlar tez orada tugamasligini tuşunişi kerak», dedi Duda.
WSJ ta’kidlaşiça, AQŞ prezidenti Jo Bayden va Ğarb boşqa yetakçilari avvalroq NATO-Ukraina munosabatlari AQŞ-Isroil xavfsizlik munosabatlaridan namuna olişi mumkinligini aytişgan. Hozirda Qöşma Ştatlar va Isroil örtasida ön yil davomida Isroilga köp milliard dollarlik Amerika qurollarini yetkazib berişni nazarda tutuvçi kelişuv mavjud. Şu bilan birga, u taşqi tajovuz sodir bölgan taqdirda AQŞning Isroilga yordam körsatiş majburiyatini anglatmaydi.
The Wall Street Journal Oq uy vakiliga tayanib xabar berişiça, Ğarb ittifoqçilari Ukrainaga uzoq muddatli xavfsizlikni ta’minlaş uçun hamkorlik formulasini işlab çiqişga harakat qilmoqda, çunki ular Ukraina, aftidan, yaqin yillarda NATO a’zosiga aylanmasligidan kelib çiqyapti. Bunday kelişuv Kremlning uzoq davom etadigan uruş öz manfaatiga xizmat qilişi va Ğarbning Ukrainaga kömagi vaqt ötişi bilan susayişi haqidagi illyuziyasini yöq qilişi kerak.
NATO-Ukraina kengaşi tuzilişi iyul oyida Vilnyusda bölib ötadigan NATO sammitida e’lon qilinişi kutilmoqda. Kiyev kengaş yiğilişlarini çaqiriş va Şimoliy Atlantika ittifoqi mamlakatlariga yordam sörab murojaat qiliş huquqiga ega böladi. AQŞ, Buyuk Britaniya, Fransiya va Germaniya Ukrainaga xavfsizlik kafolatlarini beriş böyiça kelişuvning bevosita iştirokçilariga aylanişi kerak.













