Xitoyning Internet-axborot davlat departamenti Xitoy ijtimoiy tarmoqlaridagi milliondan ortiq akkauntlarga qarşi «çora körilgani» haqida xabar berdi. Öz navbatida 66 ming akkaunt abadiy taqiqlangan. Şuningdek, 1,41 million postga qarşi «çoralar» körilgan.
Qoidabuzarliklar orasida miş-mişlar tarqatiş, davlat idoralari va ommaviy axborot vositalariga taqlid qiliş, ijtimoiy tarmoqlar orqali noqonuniy boyib ketiş kabilar bor.
Xitoy rasmiylarining bu harakatlari IT-soha ustidan nazoratni kuçaytiriş strategiyasi doirasida amalga oşirilmoqda. Ular Xitoyning Tencent, Alibaba Group va ByteDance kabi internet gigantlariga aloqador.
Hisobotda aytilişiça, Xitoy nafaqat ijtimoiy tarmoqlarni faol ravişda «tozalaşni» davom ettiradi, balki Xitoy qonunçiligida taqiqlangan foydalanuvçilar tomonidan yaratilgan kontentni senzura qilişda yetarliça samarali bölmasa, ularni nazorat qiluvçi kompaniyalarga nisbatan sanksiyalar qöllaydi.
Avvalroq Xitoy hukumati Shanghai Xiaoguo Culture Media Co komiklar guruhini Li Xaoşining Xitoy armiyasi haqidagi hazili uçun 14,7 million yuan (taxminan 2,1 million dollar) miqdorida jarimaga tortgan edi. Keyinçalik u Xitoyning Weibo ijtimoiy tarmoğida uzr söradi.












